Yuanxio festivali
Nomi: Yuanxiao festivali (Fonuslar festivali) O’tkazilish vaqti : Yanvar oyining 15-kuni
tahrirYanvar oyining 15-kuni Xitoyliklar uchun anʼanaviy Yuanxiao festivali' hisoblanadi. Chunki 1- oy "yuan" deb ataladi; 15-yanvar kuni esa birinchi oy toʻlgan kun boʻladi; "xiao" tun hisoblanadi; shuning uchun festival Yuanxiao festivali yoki Shangyuan festivali, Yuanxi festivali yoki Fonuslar festivali deb ham ataladi.
Tavsif
tahrirXitoyliklarda Yuanxiao festivalida Fonuslardan rohatlanish kerak degan tushuncha mavjud. Bu anʼana Taoist lardan, yaʼni „3 Yuan nazariyasi“ dan kelib chiqqan; 1-oyning 15-kuni Shangyuan Festivali deb ataladi; 7- oydagisi Zhonguan deb ataladi; va 10-oydagi festival Xiayuan deb ataladi va bu uch yuan uch narsaga tegishli : Jannat, Yer va Insonlar olamiga. Jannat amaldorlari rohatbaxsh va qiziqarli narsalarni yoqtirishadi, shuning uchun fonuslar Shangyuan festivalida yoqilishi kerak. Fonuslar kunida fonus yoqish Han qirolligi davrida ham oʻz aksini topgan. Vaqt oʻtgan sari, koʻp turdagi fonuslar va oʻyin shakllari ham yetarlicha oʻzgardi. Masalan, oynaga oʻxshash fonus, feniks kabi shakllantirilgan fonus va hokazolar. Fonuslardan tashqari, odamlar festival muhitini yanada yaxshilash uchun mushaklar ham otishadi. "Uyqusiz tunda charaqlab nur sochib turgan daraxtlar va yorqin mushaklarning toʻlqini Fonuslar festivalining yorqin tarjimasi boʻla oladi.
Fonus topishmoqlari
tahrirFonus topishmoqlarini taxmin qilish ham Fonus festivalining bir muhim qismi hisoblanadi.Topishmoqlari Xitoy xarakteristikasining oʻziga xos oʻyini. Fonus jumboqlarining javoblari festival chiroqlariga yopishtirilgan qogʻozga yozilgan chiroyli sheʼr yoki koʻp uchraydigan hikmatli soʻzlar orqali berkitiladi va jumboqning javobini tomoshabinlar topishlariga toʻgʻri keladi. Bu krossvordlarga oʻxshab ketadi. Fonus topishmoqlarini topish birinchi boʻlib Qirollik qoʻshigʻida namoyon boʻlgan. Topishmoqlar odamlarga ham bilim ham quvonch bagʻishlangani uchun ham ular jamiyatning barcha tabaqalari tomonidan iliq kutib olindi.
Guruchli koptokchalar
tahrirGuruchli koptokchalarni yeyish Fonus festivalining yana bir qismi hisoblanadi. Bu udum mill.avv 770-476 yillarda bahor va kuz faslida vujudga kelgan. Guruchdan tayyorlangan yopishqoq koptokchalar „tangyuan“ yoki „yuanzi“ deb ham ataladi. Kichik guruchli koptokchalar yopishqoq guruch bilan toʻldiriladi.(odatda shakar, loviya pastasi, doʻlana yoki boshqa quritilgan mevalar boʻlishi mumkin). Mazali va toʻyimli boʻlishi uchun ular qaynatilishi, qovurilishi va bugʻda pishirilishi mumkin. Xitoyliklar har doim hamma narsaning yaxshilik bilan tugashini xohlashadi va bu kabi koptokchalarni yilning birinchi oy toʻlgan tunida yeyish odamlarga yil boʻyi baxtli vat tinch hayotni tilashni bildiradi.
„Rivojlanishi“
tahrirVaqtlar oʻtishi bilan Fonus festivaliga koʻpgina yangicha udumlar qoʻshilgan. Shaharlarda chiroqlar marosimlari boʻlib, ularda chiroqlarning barcha naqshlari aks ettiriladi, shahar tashqarisida esa mushaklarni otish, ustunlarda sayr qilish kabi tadbirlar mavjud. Baʼzi joylarda esa sherning tersini oʻynash, quruqlikda qayiqda eshkak eshish, „yangge“ raqsi, tikish, taiping chalish kabi boshqa udumlar ham rivojlandi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirhttps://odam.uz/public/Qiziqarli/uchar-fonuslar
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ {{{title}}} (Ingliz tilida). China Intercontinental Press. ISBN 9787508508368.