Tulkiquyruq
(Yug'ondan yoʻnaltirildi)
Tulkiquyruq (Prangos Lindl.), yugʻon — soyabonguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda Ohangaron vohasi va Chimyon togʻlarida koʻproq xashakbop T. yoki shashir (P.pabularia) va Chimyon T.i (P.tschimganica B. Fedtsch.) uchraydi. Xashakbop T.ning boʻyi 2 m ga boradi. Iddizi yoʻgʻon, silindrsimon, poyasining yuqori qismi qalqonsimon, shoxlangan; shoxlari qaramaqarshi yoki halqasimon joylashgan. Yaproklari 40 sm gacha, ellipssimon, 4—5 marta patsimon qirqilgan. Soyaboni 10 —20 nurli, soyabonchalari 10—15 gulli. Oʻrama barg va bargchalari 5—10 ta, kalamibigizsimon. Mayiyul oylarida gullab uruglaydi. Loy tuprokli toshloq yerlarda, butalar orasida usadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |