Yugan
Yugan — chorvachilik anjomi. Aravaga qoʻshiladigan va salt miniladigan harakatdagi hayvonlar (ot, tuya, xachir, eshak)ni boshqarish maqsadlarida qoʻllanadi. Tasmali tizgin bilan hayvonlar boshiga kiydiriladi. Yu. xom teri, pishiq va yumshoq charm, brezent va boshqalardan hayvon turi va bosh oʻlchamlariga moslab, baʼzan (ayniqsa, otlarga) boʻrtma naqshli bezaklar bilan tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |