Yugantepa
Yugantepa — Toshkent shahrining Yangiyoʻl janubida, Niyozboshi qishlogʻi shimoli-sharqida joylashgan 4-13-asrlar boshiga mansub xaroba holiga kelib qolgan yodgorlik. 1934-yilda dastlab G.V.Grigoryev tomonidan qayd etilgan. Keyinchalik Toshkent viloyati oʻlkashunoslik muzeyi (1953-1954), Y.F.Buryakov (1967-1970) tomonidan oʻrganib chiqilgan. Dastlab Yugantepa hududida (Qovunchi II davrida) istehkom qurilgan boʻlgan, uning atrofida 6-7-asrlarga kelib atorfi devor bilan oʻralmagan yirik qishloq vujudga kelgan. Arab istilosi davrida vayron boʻlgan, keyinchalik 9-10-asrlarga kelib atrofi mustahkam devor bilan oʻrab qaytda tiklangan, markaziy koʻchalar boʻylab turar joy, xunarmandchilik (kulolchilik, xumdonlar, temirchilik) ustaxonalari joylashgan. 20 gektar umumiy maydonga ega Yugantepada 12-13-asrlar boshida hayot ravnaq topgan, lekin vaqtlar oʻtib mogʻullar bosqini tufayli vayrona holatiga kelib qolgan. [1]
Manbalar
tahrir- ↑ Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Yugantepa". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 669.