Yuguruvchi toʻlqinlar
Yuguruvchi toʻlqinlar — bir xil fazalar sirti (toʻlqin fronti) chekli tezlik bilan toʻlqinsimon harakatlanuvchi toʻlqinlar. Turgʻun toʻlqinlardan farqli ravishda Yuguruvchi toʻlqinlar energiya va impuls tashiydi. Superpozitsiya prinsipi oʻrinli boʻlgan holda (chiziqli tizimlarda) qarama-qarshi yoʻnalishda tarqalayotgan Yuguruvchi toʻlqinlar turgʻun toʻlqin hosil qiladi. Toʻlqinlarning amplitudalari turlicha boʻlgan holda qisman Yuguruvchi toʻlqinlar hosil boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |