Yuki Nagasato
Yuki Nagasato (yap. Nagasato Yuki, 1987-yil 15-iyulda tugʻilgan, Atsugi, Kanagawa) — yaponiyalik futbolchi va Chikago Red Stars hujumchisi. London Olimpiadasining kumush medali sovrindori.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | 永里 優季 | ||
Tavallud sanasi | 15-iyul 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Atsugi, Kanagawa, Yaponiya | ||
Boʻyi | 168 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chicago Red Stars | ||
Raqami | 7 |
Karyeraning boshlanishi
tahrirNagasato Yaponiya erkaklar klubining birinchi jamoasida oʻynagan birinchi ayol futbolchidir. Yuki 2004-yildan 2016-yilgacha Yaponiya terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qilgan va 132 oʻyinda 58 ta gol urgan[1]. U 2011-yilda ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan va 2015-yilda ikkinchi oʻrinni egallagan.
2001-yilda u oʻzining yoshlar jamoasidan Nippon TV Belezaga koʻchib oʻtdi. 2002-yilgi mavsumda u L.Ligada debyut qildi. 2006-yilgi mavsumda Yuki divizionning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi. Shuningdek, u 6 marta liga chempionligini qoʻlga kiritgan (2001, 2002, 2005, 2006, 2007 va 2008).
2010-yilda Nagasato Germaniyaning Turbin Potsdam shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu jamoa bilan u UEFA Chempionlar Ligasida ham gʻolib chiqdi. 2013-yilda u Angliyaning FA WSL Chelsi klubiga oʻtdi[2].
Yuri 2015-yil boshida JCh-2015 uchun kuchliroq ligada oʻynash vaji bilan Volfsburgga qoʻshildi[3]. 2015-yil avgust oyida Nagasato Frankfurtda 2015-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻoliblari tarkibida paydo boʻldi[4].
2017-yil 24-may kuni Yuri Milliy ayollar futbol ligasining (NWSL) Chikago Red Stars jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. U 2017-yilda jarohati tufayli atigi 6 oʻyinda maydonga tushdi[5]. 2018-yilda mavsumning 10-haftasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[6]
2018-yil oktabr oyida Nagasato W Liganing 2018-19-yilgi mavsumi uchun Brisben Roar bilan shartnomaga erishdi oldi[7].
2020-yil 10-sentabrda Nagasato Kanagava prefekturasi ligasi erkaklar jamoasi Hayabusa Elevenda oʻynagan birinchi ayol boʻlib tarixga kirdi.
2020-yil 26-oktabrda yangi tashkil etilgan Racing Louisville FC Nagasatoni 2021-yilgi Ayollar Milliy Futbol Ligasi mavsumida birinchi futbolchisi sifatida eʼlon qildi.
2022-yilning 11-yanvarida Qizil yulduzlar Nagasatoning Chikagoga qaytishini eʼlon qilishdi[8].
Terma jamoadagi karyera
tahrir2004-yil aprel oyida Nagasato Yaponiya terma jamoasi tomonidan 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ushbu musobaqada u 22-aprel kuni Tailandga qarshi debyut qildi. Yuki shuningdek, 2008-yilgi Yaponiya yozgi Olimpiya terma jamoasi va 2007-yilgi Jahon kubogida terma jamoasining bir qismi edi[9]. Nagasato 2011-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan Yaponiya jamoasi tarkibida edi. U finalda AQShga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va Nagasatoning penaltidan toʻpini Hope Solo qaytardi, ammo Yaponiya baribir gʻalaba qozondi[10].
2016-yildan beri u 2016-yilgi OFK ayollar olimpiadasi saralash bosqichidan chiqqanidan keyin Yaponiya terma jamoasining 10-raqamli formasini kiyib kelmoqda[11]. Turnirdan soʻng yaponiyalik yangi menejer Asako Takakura Mizuxo Sakaguchiga 10-raqamni berdi, Nagasato esa 9-raqamni oldi[12].
Shaxsiy hayoti
tahrirNagasatoning akasi Genki professional futbolchi, uning singlisi Asano ham Potsdamning Turbine jamoasida oʻynagan. Nagasato 2011-yil iyul oyida turmushga chiqdi[13] va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan roʻyxatdan oʻtgan familyasini Nagasatodan Ogimiga oʻzgartirdi. 2016-yilda ajrashganidan keyin u yana qizlik familiyasini oldi.
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirNTV Beleza
tahrir- Yaponiya chempioni: 2002,2005,2008
- Qirol kubogi sovrindori: 2005,2006,2008,2010
- L-Liga: 2007
Turbine
tahrir- Germaniya chempioni: 2009/10, 2010/11
- Chempionlar ligasi gʻolibi: 2009/10
Volsburg
tahrir- Germaniya kubogi gʻolibi: 2014/15
Terma jamoa
tahrirYaponiya:
tahrir- Jahon chempioni: 2011-yil
- Jahon chempionati kumush medal: 2015-yil
- Sharqiy Osiyo chempioni: 2008-yil
- Olimpiya oʻyinlari kumush medal: 2012-yil
Karyera statistkasi
tahrirKlublarda
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Qitaʼlar aro | Umumiy | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Nippon TV Beleza | 2001 | 0 | 0 | - | - | ||||||
2002 | 2 | 0 | - | - | 2 | 0 | |||||
2003 | 0 | 0 | 2 | 0 | - | - | 2 | 0 | |||
2004 | 13 | 3 | - | - | 13 | 3 | |||||
2005 | 21 | 18 | 5 | 6 | - | - | 26 | 24 | |||
2006 | 16 | 18 | 3 | 2 | - | - | 19 | 20 | |||
2007 | 18 | 14 | 4 | 1 | 2 | 3 | - | 24 | 18 | ||
2008 | 20 | 9 | 3 | 2 | - | - | 23 | 11 | |||
2009 | 20 | 7 | 4 | 5 | - | - | 24 | 12 | |||
Umumiy | 110 | 69 | 21 | 16 | 2 | 3 | - | 133 | 88 | ||
1. FFC Turbine Potsdam | 2009–10 | 10 | 6 | 1 | 0 | - | 5 | 2 | 16 | 8 | |
2010–11 | 21 | 10 | 5 | 6 | 1 | 3 | 8 | 9 | 35 | 28 | |
2011–12 | 19 | 13 | 2 | 2 | 6 | 7 | 27 | 22 | |||
2012–13 | 22 | 18 | 5 | 2 | 4 | 2 | 31 | 22 | |||
Umumiy | 72 | 47 | 13 | 10 | 1 | 3 | 23 | 20 | 109 | 80 | |
Chelsea | 2013 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 5 | 0 | |
2014 | 13 | 5 | 3 | 1 | 4 | 1 | - | 20 | 7 | ||
Total | 18 | 5 | 3 | 1 | 4 | 1 | - | 25 | 7 | ||
Wolfsburg | 2014–15 | 9 | 5 | 2 | 1 | - | 4 | 0 | 15 | 6 | |
1. FFC Frankfurt | 2015–16 | 16 | 5 | 2 | 3 | - | 5 | 1 | 23 | 9 | |
2015–16 | 19 | 3 | 3 | 1 | - | 0 | 0 | 22 | 4 | ||
Umumiy | 35 | 8 | 5 | 4 | - | 5 | 1 | 45 | 13 | ||
Chicago Red Stars | 2017 | 6 | 1 | - | - | - | 6 | 1 | |||
2018 | 23 | 4 | - | - | - | 23 | 4 | ||||
Umumiy | 29 | 5 | - | - | - | 29 | 5 | ||||
Brisbane Roar | 2018-19 | 11 | 4 | - | - | - | 11 | 4 | |||
Chicago Red Stars | 2019 | 24 | 8 | - | - | - | 24 | 8 | |||
Career total | 308 | 151 | 44 | 33 | 7 | 7 | 32 | 21 | 391 | 212 |
Terma jamoa
tahrirTerma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Yaponiya | 2004 | 1 | 0 |
2005 | 9 | 6 | |
2006 | 13 | 9 | |
2007 | 12 | 4 | |
2008 | 17 | 9 | |
2009 | 3 | 0 | |
2010 | 3 | 1 | |
2011 | 17 | 3 | |
2012 | 16 | 9 | |
2013 | 12 | 6 | |
2014 | 9 | 5 | |
2015 | 13 | 3 | |
2016 | 7 | 3 | |
Umumiy | 132 | 58 |
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/member/08_nagasato_yuki.html
- ↑ https://web.archive.org/web/20130712083553/http://www.shekicks.net/news/view/7961
- ↑ http://www.waz-online.de/Sport/VfL-Frauenfussball/Og[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.vfl-wolfsburg.de/info/frauen/aktuelles/detailseite/artikel/yuki-ogimi-verlaesst-vfl-39769.html
- ↑ https://www.vfl-wolfsburg.de/info/frauen/aktuelles/detailseite/artikel/yuki-ogimi-verlaesst-vfl-39769.html
- ↑ „arxiv nusxasi“. 26-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2018-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
- ↑ http://www.fawsl.com/news/yuki_ogimi_joins_chelsea_ladies_fc.html#Pk7x4fqjABcIomlf.97
- ↑ https://www.theguardian.com/football/2011/jul/17/usa-japan-live-world-cup-final
- ↑ http://www.japantimes.co.jp/sports/2016/02/25/soccer/ogimi-receives-no-10-shirt-final-olympic-qualifiers/[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://www.japantimes.co.jp/sports/2016/02/25/soccer/ogimi-receives-no-10-shirt-final-olympic-qualifiers/[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://ameblo.jp/y-naga19/entry-10968458185.html
- ↑ Japan Football Association (yaponcha)
- ↑ List of match in 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016 at Japan Football Association (yaponcha)