Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv

Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv kitobi – oʻzbekistonlik aktyor, jurnalist Otabek Mahkamov tomonidan 2022-yilda oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan. Kitob chop etilganidan keyin Oʻzbekistondagi bir necha oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa davlatlarda taqdimotlar muallif tomonidan otkazilgan[2][3][4]. Kitobda muallif hayoti davomida oʻzi uchun foydali boʻlgan 100 ta uchrashuv haqida yozgan. Asosan kitob qahramonlari orasida Hillari Klinton, Gordon Ramzi, Antonio Banderas, Devid Kopperfild, Enrike Iglesias, Farrux Zokirov, Deniyel Reddkliff kabi mashhur insonlar hamda dunyo miqyosidagi yulduz boʻlmasa-da, koʻpchilikka taniqli shaxslar bor[5].

Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv
Muallif(lar) Otabek Mahkamov
Til oʻzbek, rus, ingliz
Nashr etilgan sanasi 2022-yil
Nashriyot Regbooks
Sahifalar soni 680
ISBN 9789943719576[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir