Yum Deyvid (1711.7.5 Edinburg – 1776.25.8) – ingliz faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi. Agnostitsizmning asosiy prinsiplarini taʼriflab bergan. Sabablarini bilib boʻlmaydigan „taassurotlar“ oqimi boʻlgan hissiy tajriba (bilimlar manbai) toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Borliq bilan ruhning munosabatini hal qilib boʻlmaydigan masala deb hisoblagan. Substansiya tushunchasini inkor etgan, uni bamisoli sarob deb bilgan. Gʻoyalar assotsiatsiyasi nazariyasini ishlab chiqqan. Etikada utilitarizm konsepsiyasini rivojlantirgan, siyosiy iqtisodda A.Smit ilgari surgan qiymatning mehnat nazariyasiga qoʻshilgan. Yum taʼlimoti I.Kant falsafasi, pozitivizm va nepozitivizm manbalaridan biri hisoblanadi. Asosiy asarlari: „Inson tabiati toʻgʻrisida risola“, „Tabiiy din toʻgʻrisida muloqot“, „Jonning abadiyligi haqida“, „Stoik“, „Skeptik“.

Devid Xum

Devid Xumning portreti, muallif Allan Ramsay, 1766, Shotlandiya milliy portret galereyasi
Tavalludi 26 aprel (7-may) 1711
Vafoti 25-avgust 1776[1][2]
Fuqaroligi Kingdom of Great Britain
Otasi Joseph Hume, 10th of Ninewells
Onasi Katherine Falconer

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir