Yuqori koʻl
(Yuqori ko'ldan yoʻnaltirildi)
Yuqori koʻl — Buyuk koʻllar tarkibidagi koʻl, AQSH va Kanadada. Akvatoriyasining oʻlchamlari boʻyicha dunyoda eng yirik chuchuk suvli koʻl. Mayd. 82,4 ming km². uz. 613 km, eni 256 km. Eng chuqur joyi 393 m (Buyuk koʻllar orasida eng chuqur). SentMeris daryosi orqali Guron koʻliga oqadi. Sohilga yaqin qismi dekabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Koʻldan baliq ovlanadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Yuqori koʻl Shimoliy Amerikaning ichki rayonlarini Atlantika okeani bilan bogʻlaydigan suv yoʻlining muhim boʻgʻini. Muhim portlari: Dulut, Syupirior, Ashlend, Markett (AQSH), TanderBey (Kanada).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |