Yurakning yopiq jarohatl[1] anishini 4 tur farqlanadi:

  • chayqalishi,
  • mexanik jarohatlanishi,
  • yurak yorilishi
  • jarohatlanishli infarkt.

Chayqalish

Yurakni yopiq jarohatlanishini yengil formasi. Tez rivojlanuvchi qisqa muddatli va og'ir bo'lmagan klinik elektrokardiografik[sayt ishlamaydi] o'zgarishlardan iborat. Kardialgiyadan tashqari taxikardiya, aritmiya, qorinchalarda o'tkazuvchanlikni buzilishlari va repolyarizatsiya buzilishlari kuzatiladi. O’zgarishlar davomiyligi bir necha minut yoki soat davom etadi. Yurakning mexanik jarohati - klinik belgilari sekin asta paydo bo'ladi. Unga kardialgiyalar, stenokardiya, aritmiya, yurak chegaralari kattalashuvi, xansirash xos. Ba’zida o'tkir yurak yoki koronar yetishmovchihk kuzatiladi. Auskultalsiyada yurak tonlari keskin pasayadi.

Jarohatlanishli yurak yorilishi - yurakni yopiq jarohatlanishini og'ir formasi bo'lib, koʻp hollarda o'lim bilan yakunlanadi.

Infark Birlamchi jarohatlanishdan keyingi miokard infarkti klinik turlari koʻp turlidir. Ammo ular ichida anginoz forma (70%) yetakchilikni egallaydi. Koʻp hollarda shikastlanishning transmural bo'lmagan turlari kuzatiladi, chap qorinchaning oldingi devorida nekroz oʻchog'i paydo bo'ladi. Yaralanganlarda ovqat hazm qilish tizimi tomonidan yuzaga kelgan asoratlar koʻp hollarda, gastrit, уarа kasalligi va kolitlar shaklida kechadi. Yara kasalligini qaytarilishi yaralanishdan so'ng erta davrda (10 kungacha davrda) kuzatiladi. Kolit, gepatit yaralanishli sepsisning muhim belgilaridan biridir. Ular rivojlanishi asolida infeksion - toksik va modda almashinuvining buzilishlari yotadi.[[Foydalanuvchi:|]]

  1. {{{title}}}. Ibn sino nomidagi nashriyot, 1994 — 13,15-bet.