Yuriy Vadimovich Galkin (1958-yil 6-mart, Andijon) — rossiyalik marafonchi va ultramarafonchi, kunlik yugurish boʻyicha Rossiya chempioni (2016, 2017), Rossiya sport ustasi. 60—64 yoshlilar oʻrtasida kunlik yugurish boʻyicha jahon rekordchisi[1].

Yuriy Galkin
ruscha: Юрий Вадимович Галкин

Yuriy Galkin murabbiyi Vsevolod Xudyakov (chapda) bilan
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 6-mart 1958-yil (1958-03-06) (66 yosh)
Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 178 sm
Vazni 69 kg
Sport
Qaysi sport Yugurish
Klubi Parsek
Murabbiy(lar)i Vsevolod Xudyakov
Medallar

60—64 yoshlilar oʻrtasida kunlik yugurish boʻyicha Rossiya kubogi gʻolibi (2016)

Rossiya sport ustasi

Tarjimayi holi tahrir

Yuriy Galkin 1958-yil 6-mart kuni Andijon shahrida tavallud topgan[2]. 1979-yilda Toshkentdagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini bitirgan[3]. Moskva viloyati, Lyubertsi shahrida istiqomat qiladi[2]. Moskva sport qoʻmitasiga qarashli 61-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida suzish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlaydi[4].

Sportchilik faoliyati tahrir

1977-yilda SSSR sport ustasi unvonini olish boʻyicha koʻpkurash normalarini (suzish, oʻq otish, 1500 m masofaga yugurish, eshkak eshish, yelkanli qayiqlar poygasi) toʻliq bajargan[3] va SSSR sport ustasi unvonini olgan[4]. 2014-yilda yugurish musobaqasida qatnashgandan soʻng, uzoq masofali yugurish musobaqalarida, jumladan, 3000 metrdan tortib, kunlik yugurishda doimiy ishtirok etib keladi. Galkin musobaqalarda „Parsek“ yugurish klubi nomidan qatnashadi. Shuningdek, Galkinning murabbiysi rossiyalik marafonchi va ultramarafonchi Vsevolod Igorevich Xudyakov hisoblanadi.

Jahon rekordi tahrir

2016-yil 18—19-avgust kunlari kunlik yugurish boʻyicha boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi musobaqasida Galkin 60—64 yoshlilar oʻrtasida kunlik yugurish boʻyicha 243 km 549 m masofani bosib oʻtib, jahon rekordini oʻrnatgan[2][1]. Oldingi rekord 1990-yilda oʻrnatilgan boʻlib, 240 km 790 m masofani tashkil etgan.

Shuningdek, Galkin 58 yoshida yugurish boʻyicha Rossiya sport ustasi unvonini olishda belgilangan normalarni bajargan birinchi sportchi ham hisoblanadi[4].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Galkin Yuriy“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Yuriy Vadimovich Galkin“ (rus tilida). 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Instrukotori po sportu“ (rus tilida). 2022-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 Andrey Privalov. „Jelezniy chelovek: 245 kilometrov za sutki – begom“ (rus tilida) (2016-yil 21-iyun). 2022-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.