Yuriy Ivanchenko (1969-yil 15-aprel2009-yil iyun) —Oʻzbekistonda tugʻilgan rus futbolchisi (himoyachi, hujumchi, yarimhimoyachi).

Yuriy Ivanchenko
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1969-yil 15-aprel
Vafot sanasi 2009-yil iyin
Boʻyi 174 sm
Ampluasi himoyachi, yarimhimoyachi, hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986  SSSR Sohibkor (1(0))
1987  SSSR Avtomobilchi (Namangan) (26(1))
1989  SSSR Sverldlovets (22(0))
1990  SSSR Konchi (Angren) (5(0))
1990  SSSR Yoshlik (12(2))
1991  SSSR Kosonsoy (37(0))
1992  UZB Kosonsoychi (4(0))
1992  Rossiya Sahalin (Xolmsk) (13(0))
1993-1995  Rossiya Lokomotiv (Chita) (4(0))
1998  UZB Andijon (12(0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

1983-yildan SSSR ikkinchi ligasining “Xorazm” (Yangiariq) jamoasida oʻynay boshlagan. 1986-yili “Sohibkor Xalqobod” safida bitta (ayrim maʼlumotlarga koʻra ikkita) oʻyin oʻtkazgan. 1987-yilda Namanganning “Avtomobilist” jamoasida toʻp surgan. 1989-yilda Ivanchenko ba’zi manbalarda ikkinchi ligada Toshkentning “SKA-TSOP RShVSMF” jamoasida, boshqalarda esa - SKA-RShVSM Angren (KFK) jamoasida oʻynaganligi keltirib oʻtilgan.[1]

1990-yili mamlakat ikkinchi quyi ligasida Angrenning “Konchi” va “Yoshlik Toʻraqoʻrgʻon” jamoalari safida maydonga tushgan. Kosonsoyliklar safida 1991-yilda ikkinchi ligada 37 ta, keyingi mavsumda esa Oʻzbekiston chempionatida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Ivanchenko faoliyati davomida 1992-yilda Rossiya birinchi ligasida “Saxalin” Xolmsk tarkibida, 1993-1995-yilda Chitaning “Lokomotiv” klublarida ham toʻp surgan. 1998-yili “Andijon” safida Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yuriy Ivanchenko 2009-yilda vafot etgan. Vafot etgan sanasi ma’lum emas[2].

Manbalar tahrir

  1. „Иванченко Юрий“. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.
  2. „Гендиректор ФК «Чита» Евгений Заидов“. 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-may.