Yuriy Rubinchik (1923-yil 10-noyabr - 2012-yil 16-dekabr) rus eronshunosi va tilshunosi, filologiya fanlari doktori, professor[1].

Yuriy Aronovich Rubinchik
Tavalludi 10.11.1923
Moskva, SSSR
Vafoti 16.12.2012
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya
Millati rus
Sohasi Lingvistika, eronshunoslik
Ish joylari Chet tillari harbiy instituti, RFA Sharqshunoslik instituti
Mashhur ishlari “Rubinchik lugʻati” asoschisi

Hayoti

tahrir

Yuriy Aronovich Rubinchik 17 yoshida Ikkinchi Jahon urushida nemislarga qarshi jang qildi. U oʻqish uchun sharq tillarini, sharq tillari orasidan esa fors tilini tanlagan. 1953-yilda “Hozirgi fors tilidagi qoʻshma gaplar” nomli dissertatsiyasini himoya qilgan va oradan 7 yil oʻtib (1960) “Hozirgi fors tili” kitobini yozgan. Shundan keyin u butun Sovet Ittifoqida fors tili professori sifatida tanilgan. 10 dan ortiq kitob va 150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi[2].

Asarlari

tahrir
  • فرهنگ‌نویسی برای زبان فارسی، یوری آرونوویچ روبینچیک، ترجمهٔ محسن شجاعی، با یادداشت‌های علی‌اشرف صادقی، تهران: بهار، ۱۳۹۷
  • دستور زبان ادبی معاصر فارسی، مریم شفقی (مترجم)، تهران: پژوهشگاه علوم انسانی و مطالعات فرهنگی، ۱۳۹۲
  • “Вводный курс современного персидского языка”, Grant Vaskanyan bilan hammualliflikda, 1951-yil
  • Hozirgi fors tilidagi qo‘shma gaplar
  • “Персидско-русский словарь”, 1970-yil
  • دوره مقدماتی آموزش زبان روسی، ۱۹۲۳
  • “Основы фразеологии персидского языка”, 1981-yil
  • Fors tilining terminologiyasi

Manbalar

tahrir