Yusuf Tursunov (1947-yil, Zangiota tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR) — adabiyotshunos, navoiyshunos olim, Filologiya fanlari nomzodi (1986).

Yusuf Tursunov
Tavalludi 1947-yil
Zangiota tumani, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Adabiyotshunos, navoiyshunos
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari nomzodi

Hayoti

tahrir

Yusuf Tursunov 1947-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Katta qangli qishlogʻida tavallud topgan[1]. Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini bitirgan (1971). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining kichik ilmiy xodimi (1971—1978), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1978—1998), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi (1999-yildan).

Asarlari

tahrir

„Alisher Navoiy „Munshaot“ asarining matniy tadqiqi“ (2016) kitobi chop etilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻlmasbek Xoʻjayev. „Фидойи манбашунос, матншунос олим“ UZA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 23-oktyabr.
  2. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 363-bet.