Yusupov Qobiljon (1942.25.7, Oltiariq tumani) — Oʻzbekiston xalq hofizi (2004). Fargʻona pedagogika intini tugatgan (1965). Oltiariq tumani madaniyat uyida badiiy rahbar (1965— 77), musiqa rahbari (1988-yildan), Fargʻona davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1977—88). Yu. Mamatbuva hofiz, J. Sultonov, M. Uzoqovlarning ijrochilik anʼanalarini davomchisi boʻlib, uzoq yillar mobaynida M. Orifjonov va I. Ishoqovlar bilan hamnafaslik qilgan. Shirali, mayin, baland va keng nafas ovoz sohibi. Repertuaridan katta ashula ("Dogʻman", "Ohkim", "Yolgʻiz", "Oʻzbekiston" va boshqalar), mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Girya", "Suvora", "Munojot", "Ayrilmasun", "Figʻonkim", "Fargʻona tong otguncha", "Namoyon qil"), FargʻonaToshkent maqom yoʻllari ("Ushshoq", "Dugohi Husayniy", "Bayot" va boshqalar) va xalq qoʻshiqlari ("Guldasta tuting", "Lolazor" kabi) oʻrin olgan. Ijrolari gramplastinka va Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.