Yuzboshi (folklorda) — dostonchi, epik asarlar kuychisi. Oʻzbekistonning janubiy tumanlarida (Surxondaryo viloyati va Qashqadaryoning ayrim tumanlarida) baxshi shu nom bilan yuritiladi. Sherna yuzboshi va uning davomchilari Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Mamadrayim baxshi (1889—1970), Umir baxshi, Yusuf Oʻtagan oʻgʻli, Boʻriboy Ahmad oʻgʻli va boshqalar ancha mashhur boʻlganlar.