Hebei Zhongxing Automobile Co Ltd Xitoyning ZX Auto brendi ostidagi SUV va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[1]. Tianye Automobile Group Co Ltd va Taiwan Unite Leading Co kompaniyalari tomonidan egalik qilinadi. 1999-yilda tashkil etilgan[2] va oʻz mahsulotlarini Yaqin Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikaga eksport qiladi. Kompaniya yiliga 110 000 dona ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi aytiladi[3] – bu raqam yillik ishlab chiqariladigan dvigatellar va avtomobillar miqdorining yigʻindisi boʻlishi mumkin.

Hebei Zhongxing Automobile Co Ltd
Turi Qoʻshma korxona
Tarmogʻi Avtomobilsozlik
Qachon asos solingan 1999
Mahsulot(lar)i Automobiles
Ishchilar soni 2,800
Vebsayti zxauto.com.cn

Tarixi tahrir

2000-yillarning ikkinchi yarmida kompaniya AQShning Capital Corp kompaniyasi[4] yordamida AQSH bozoriga[5] kirishga harakat qildi va u 2007-yilda Milliy avtomobil dilerlari assotsiatsiyasi konvensiyasida ishtirok etdi[6]. AQShda sotuvlar 2008-yildayoq eʼlon qilingan boʻlsa-da[1], kompaniya haligacha oʻz mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarda sotmagan. Biroq, kompaniya avtomobillari Yevropa Ittifoqiga aʼzo baʼzi davlatlarda mavjud[7].

Liviyadagi fuqarolar urushi paytida atigi 6 ta ZX Auto Grand Tiger pikap yuk mashinasi[8] isyonchilar qoʻliga oʻtib[9], qurollantirilgan pikatlarga aylantirildi[10]. Fuqarolar urushi davom etar ekan, NATO havo bombardimonchilari zirhli mashinalarini ishdan chiqarganidan keyin Qazzofiy tarafdorlari ham pikaplardan foydalanishni boshladi[8]. Ushbu fuqarolar urushida foydalanilgan ZX Auto Grand Tiger pikaplarining baʼzilari Tayo Auto Grandhiland nomi ostida taqdim qilingan boʻlishi mumkin[manba kerak]. 2011-yilda janglar boshlanganda, Liviyada kamida 15 000 ta ZX Auto pikaplari bor edi[11].

Taxminan 2014-yilda kompaniya oʻzining veb-saytidan Taiwan Unite Leading Co hamda Hebei Tianye Automobile Group Co Ltd kompaniyalari tomonidan egalik qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olib tashladi[12]. Veb-sayt yangilangandan keyin, kompaniyaning tashkil qilinish sanasi 1999-yildan 1949-yilga oʻzgartirildi, 1999-yil esa ZX Auto „qoʻshma korxonaga aylantirilgan“ yil deb koʻrsatildi[12].

Ishlab chiqarish zavodlari va inshootlari tahrir

ZX Auto ikkita avtomobil zavodi va ilmiy-tadqiqot markaziga ega[3]. Zavodlardan biri va ilmiy-tadqiqot markazi kompaniya bosh ofisi joylashgan Xebey provinsiyasining Baoding shahrida joylashgan[manba kerak], ikkinchi zavod Changchunda boʻlishi mumkin, chunki ZX Auto kompaniyasi Changling Group Co Ltd bilan ushbu shahardagi ishlab chiqarish zavodining bir qismiga egalik qiladi[13]. 2010-yil oxirida Xubeydagi Yichang shahrida SUV va sedanlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi boshlandi[14]. 2014-yil oxirida kompaniya oʻz veb-saytida 50 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Baoding ishlab chiqarish zavodi haqida maʼlumot qoldirdi[15].

Mahsulotlarining bir qismi xorijdagi kichik fabrikalarda yigʻiladi va ZX Auto eksportining asosiy qismi ushbu zavodlar hissasiga toʻgʻri kelishini taʼkidlaydi[16]. Ushbu zavodlarga ega boʻlgan va yakuniy yigʻishni amalga oshiradigan kompaniyalar ZX Auto bilan bogʻliq boʻlishi shart emas. Bunga oʻxshash avtomobil yigʻiladigan zavodlar Misr, Eron va Iordaniyada faoliyatini boshladi, u yerda 2008-yil holatiga koʻra yiliga 5000 dona ishlab chiqaruvchi zavod qurilish bosqichida[17]. 2011-yildan boshlab kompaniya Meksika va Malayziyada yangi kichik zavodlar paydo boʻlishiga umid qilmoqda[18]. Polshada Grand Tiger pikapi POL-MOT Warfama polyak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi[7]. Polshada yigʻilgan modellar Yevropa Ittifoqi qoidalariga va standartlariga mos keladigan dvigatellarga ega[7].

Modellari tahrir

Joriy modellari tahrir

  • ZX Grand Tiger (小老虎) pikap;
  • ZX Weihu (威虎) pikap
  • ZX Terralord (领主) pikap
  • ZX Weishi (威狮)/ G9 pikap
  • ZX C3 Urban Ark SUV/ ZX Cross Van

Ishlab chiqarilmayotgan modellari tahrir

  • ZX Admiral SUV va pikap
  • ZX Chanling (昌铃) pikap
  • ZX Landmark SUV

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Reed, J. (16 January 2008). ZXAuto to lead chinese assault on US car market. Financial Times.
  2. „Zxauto-Changling branch“. ZX Auto. 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Introduction“. About ZXAUTO. ZX Auto. 2012-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  4. Fairclough, G. (7 November 2006). „Bumper crop: As barriers fall in auto business, china jumps in“ Wall Street Journal
  5. „Proud Moments“. About ZXAUTO. ZX Auto. 2011-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  6. Bursa, M. (2007). China automotive market review: Management briefing: Exports to the US. Just-Auto News
  7. 7,0 7,1 7,2 „Poland sees China links as key to growth“. Marketplace. American Public Media/National Public Radio (2011-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  8. 8,0 8,1 „China-made pickup being known for Libyan War“. ZX Auto (2024-yil 14-aprel). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  9. „How I took my ZX Auto Grand Tiger To War Against Gaddafi“. chinacartimes.com (2012-yil 15-iyul). 2012-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  10. Montlake, Simon. „Libyan War Offers Mixed Blessings for China's ZX Auto“. Forbes (2011-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  11. For 2003 shipment of 4,000 pick-ups and c. 2008 shipment of 5,000, see „ZXAUTO exports 5,000 pickups to Libya“. ZX Auto (2024-yil 14-aprel). 2011-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  12. 12,0 12,1 See differences between archived ZX Auto websites.
  13. „ZXAUTO and ChangLing joint sedan factory has been established successfully“. ZX Auto (2024-yil 14-aprel). 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  14. „Zhongxing Breaks Ground on SUV Plant in Yichang, Eyeing Sedan Market“. ChinaAutoWeb.com (2010-yil 29-noyabr).
  15. „About ZX Auto: Introduction“. zxauto.com.cn. ZX Auto. 2014-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
  16. „Grandtiger won dual champions in Iran in terms of product quality and customer satisfaction“. ZX Auto (2024-yil 14-aprel). 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  17. For Egypt assembly, see „The First Chinese SUV Brand in the Biggest Market in North Africa“. ZX Auto (2024-yil 14-aprel). 2011-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  18. „2250 units of GRANDTIGER pickups rolled into Middle Eastern market in January 2011“. ZX Auto. 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.

Havolalar tahrir