Zaʼfaron (Crocus sativus L.) — sapsarguldoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi xilda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi.O’zbekistonda ham plantatsiyalari tashkil etildi. Piyozining diametri 1—2 sm. Bargi 5— 15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang , uz. 2—4 sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6—7 mm. Fevral—iyul oylarda gullaydi, aprel—avgustda esa meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli. 90—100 ming dona 3. gulidan 1 kg kurigan gul tumshuqchalari olinadi. 3. gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyogʻ, likyor va b. rang berish uchun), parfyumeriya (atirupa) sanoatida ishlatiladi. Xalq tabobatida za’faron o’nlab xastaliklarni davolashda ishlatilgan Abu Ali ibn Sino za’faron inson terisini rangli chiroyli , ko’zni ravshan, yurakni quvvatli, nafas a’zolarini sog’lom qilishini yozib qoldirgan.

Manbalar

tahrir