Za nas s vami
Za nas s vami – rossiyalik rejissyor Andrey Smirnovning tarixiy drama filmi boʻlib, unda Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov va Irina Rozanova kabi aktyor va aktrisalar bosh rollarni ijro etishgan.
Za nas s vami | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Andrey Smirnov |
Prodyuser(lar) | Andrey Smirnov |
Ssenariynavis(lar) | Andrey Smirnov |
Rollarda |
|
Chiqarilgan sanasi | |
Mamlakat | Rossiya |
Til | ruscha |
Syujeti
tahrirFilm voqealari 1952-yil oxiri va 1953-yil boshlarida Moskvada boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar kvartirada yashovchi hamda antisemitizm va stalinistik terrorning qurboni boʻlgan Petkevichlar oilasining aʼzolari hisoblanadi[1].
Filmdagi bosh rollardan birining ijrochisi Yuliya Snigir intervyularining birida film haqida quyidagicha fikr bildiradi: „Siz qaygʻuli va ogʻir hikoyaga tayyorlanmasligingiz kerak. Aslida, bu sevgi haqidagi film. Sevgi hayotdagi eng asosiy narsa va u hamma narsaga bardosh berishga imkon yaratadi“[2].
Rollarda
tahrir- Yuliya Snigir – Dina (Ariadna)[3]
- Andrey Smolyakov – Pyotr Kazimirovich Petkevich, falsafa professori, Dinaning otasi
- Irina Rozanova – Anjelina Fedorovna, Pyotr Kazimirovichning rafiqasi, Dinaning onasi
- Aleksandr Ustyugov – Boris, Dinaning eri
- Aleksandr Kuznetsov – Ivan, davlat xavfsizlik kapitani, Dinaning sevgilisi
- Kseniya Rappoport – Zina Luri, Dinaning hamkasbi va doʻsti
- Leonid Yarmolnik – Dorfman, Petkevichning qoʻshnisi
- Ivan Dobronravov – Oleg Rutkovskiy, aspirant
- Nina Amelina – Raisa
- Dmitriy Kulichkov – Vasiliy, Raisaning eri
- Galina Tyunina – Ester Davydovna, Dorfmanning rafiqasi
- Marina Kleshcheva – Klava, Petkevichning qoʻshnisi
- Evdokia Germanova – Evstolya Dmitrievna, Vasiliyning onasi
Suratga olish ishlari
tahrirFilm rejissyori va ssenariy muallifi „Belarusskiy vokzal“ filmi bilan tanilgan sovet kinosining patriarxi Andrey Smirnov boʻlgan.
Bosh rollarni Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov, Irina Rozanova kabi kinoyulduzlar ijro etishgan. Film ssenariysi Snigir tomonidan yozilgan.
Suratga olish ishlari 2022-yilning fevral oyidan may oyigacha Moskva va Torjok shaharlarida boʻlib oʻtgan. Film Marmot-film leybli ostida namoyish etilgan[4].
Film haiqidagi fikrlar
tahrirFilm ProfiCinema veb-sayti bergan maʼlumotlarga koʻra yilning eng koʻp kutilgan filmlari roʻyxatiga kiritildi[5].
Film matbuotda deyarli faqat ijobiy sharhlarni oldi[6]. „Kino sanʼati“ jurnali muxbiri Yelena Stishova film haqida shunday yozgan: „Rejissyor yana bir bor bizning davrimizning ogʻriqli nuqtasiga urdi“[7]. Valeriy Kichin esa „Film hech narsaga qaramay, qahramonlarga umid berishga qodir boʻlgan sevgining kuchayishi bilan tugaydi“ deb yozgan boʻlsa, Mixail Shukin „Rus ruhi va milliy hayoti uchun ideal metafora“ deb fikr bildirdi[8][9]. Neytral, ijobiy boʻlmagan sharh faqat „Literaturnaya gazeta“ tomonidan nashr etilgan boʻlib, gazetadagi maqolada jurnalist Aleksandr Kondrashov quyidagicha fikr bildirgan: „Bu yerda hamma narsa muallifning fikriga qoʻshilishimiz uchun oʻylab topilgan“[10].
Manbalar
tahrir- ↑ „20 самых ожидаемых фильмов 2023 года: «Стражи Галактики», «Дюна-2», ядерная бомба Нолана и 80-летний Индиана Джонс“. 2023-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
- ↑ „Юлия Снигирь исполнит главную роль в фильме «За нас с вами»“. 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ „За нас с вами“. 2023-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
- ↑ „В Торжке приступили к съёмкам художественного фильма о сталинских репрессиях“. 2023-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-fevral.
- ↑ „15 самых ожидаемых фильмов 2023 года: выбор ПрофиСинема“. 2023-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
- ↑ Retsenzii na film Za nas s vami (2023), otzivi
- ↑ Pro nas s vami
- ↑ Noviy film Andreya Smirnova „Za nas s vami“ – iz tex, chto aktualni vsegda i vezde – Rossiyskaya gazeta
- ↑ Skazka straxov – „Za nas s vami“ Andreya Smirnova – Jurnal "Seans
- ↑ Jutkaya strana? / Literaturnaya gazeta