Zablon Simintov (tugʻilgan yili: 1959-yil; Hirot, Afgʻoniston) — Afgʻonistonlik gilam savdogari va restoran egasi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra ushbu inson Afgʻonistondagi soʻngi yahudiy hisoblanadi. Shuningdek ushbu inson Qobuldagi yagona sinagoga qoʻriqchisihamdir. Transkripsiyada uning ismi va familiyasi Zebulon Simentov, Zabolon Simentov yoki Zabolon Simantov deb tarjima qilinadi.

Zablon Simintov
Tavalludi 1959
Fuqaroligi  Afghanistan Afgʻoniston

Simintovning soʻzlariga koʻra, U yakka oʻzi diniga eʼtiqod qilishi qiyin kechadi. Shu bilan birga, U Toshkentdagi ravvindan kashrut qoidasiga muvofiq hayvon soʻyish uchun masus ruxsat olgan. Hozirda U Qobuldagi yagona sinagoganing yonidagi kulbada yashaydi va boshqa davlatlardagi, xususan Isroildagi yahudiylardan va mahalliy aholidan xayr-ehson olib turadi. Uning xotini va ikki qizi hozirda Isroilda istiqomad qilishadi. Bir safar undan Isroilga muxojirat qilishni xohlarmidingiz deb soʻrashganida, U «Isroilga koʻchib ketish? Men u yerda nima qilaman? Nega men oʻz yurtimni tark etishim kerak?» deb javob bergan. Biroq keyinroq «Al-Jazira» telekanaliga bergan videointervyusida U Isroilga koʻchib ketishni va oilasi bilan birlashishni xohlashini aytgan[1][2][3][4].

Havolalar

tahrir
  1. N.C. Aizenman.. „Afghan Jew Becomes Country's One and Only“. Washington Post (27-yanvar 2005-yil), s. A10.
  2. „Now I’m the only Jew in the city“. The Times.[sayt ishlamaydi]
  3. „'Only one Jew' now in Afghanistan“. BBC News (25-yanvar 2005-yil).
  4. Martin Fletcher.. „The last Jew in Afghanistan“. NBC News (14-iyun 2008-yil). 2008-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.