Zach Paul John Clough (talaffuzi: Zak Pol Jon Klof) (1995-yil 8-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Zach Clough „Adelaida United“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Zach Clough
Clough Adelaide United futbol klubida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zach Paul John Clough[1]
Tavallud sanasi 8-mart 1995-yil (1995-03-08) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Denton, Angliya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Adelaide United
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2013 Bolton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Bolton Wanderers 59 (21)
2017—2021 Nottingham Forest 27 (4)
2018Bolton Wanderers (ijara) 9 (1)
2018—2019Rochdale (ijara) 9 (0)
2021 Wigan Athletic 13 (1)
2021—2022 Carlisle United 17 (2)
2022 Adelaide United 14 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 9-oktyabr uchun)

Faoliyati tahrir

Bolton Wanderers tahrir

Zach Clough „Bolton Wanderers“ futbol klubining akademiyasiga 8 yoshida qoʻshilgan. Zach Clough klub bilan 2013-yil aprel oyida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Zach Clough 2015-yilning 3-yanvarida, 19 yoshida, asosiy jamoada debyut oʻyinini oʻtkazgan[3]. Bu oʻyindan keyin Zach Cloughning shartnomasi 2017-yilgacha uzaytirilgan[4].

Nottingham Forest tahrir

2017-yilning 30-yanvarida Zach Clough „Nottingham Forest“ futbol klubiga toʻrt yarim yillik shartnoma asosida nomaʼlum toʻlov evaziga qoʻshilgan. Bu haqdagi „Nottingham Post“ jurnali xabariga koʻra, shartnoma miqdori 3 000 000 funt sterlingga baholangan[5][6]. Zach Clough 4-fevral kuni „Forest“ klubi safida „Aston Villa“ futbol klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida klubdagi debyutini oʻtkazgan[7]. Zach Cloughning klub uchun birinchi goli „Brighton“ futbol klubi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda kiritilgan[8].

Bolton Wanderers (ijara) tahrir

2018-yil 31-yanvarda transfer muddati tugagan kuni Zach Clough mavsum oxirigacha „Bolton Wanderers“ futbol klubiga ijara asosida qayta qoʻshilgan[9]. Zach Clough klub safidagi oʻzining ilk golini 2018-yil 20-fevralda „Sanderlend“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) kiritilgan[10].

Rochdale (ijara) tahrir

2018-yilning 31-avgustida Zach Clough „Rochdale“ futbol klubi safiga 2019-yil yanvar oyigacha ijara asosida qoʻshilgan[11]. Zach Clough 2018-yilning 4-sentabrida „Rochdale“ futbol klubi safidagi debyut oʻyinini „Bury“ futbol klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻtkazgan[12]. 2019-yilning 31-yanvarida Zach Clough 2018—2019-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Rochdale“ futbol klubiga qayta qoʻshilgan[13].

Wigan Athletic tahrir

2021-yil 22-yanvarda Zach Clough 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha qisqa muddatli shartnoma asosida Birinchi liga vakili „Wigan Athletic“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[14]. Zach Clough „Wigan“ futbol klubidagi debyut oʻyinini „Fleetwood Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (0:0 hisobi) oʻtkazgan[15]. Zach Clough klub safida 2020—2021-yilgi mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushgan[16]. 26-may kuni Zach Clough shartnoma muddati tugaganidan keyin klubni tark etishini eʼlon qilingan[17].

Carlisle United tahrir

2021-yil 22-iyun kuni Zach Clough „Wigan“ futbol klubini tark etganidan soʻng, ikki yillik shartnoma asosida Ikkinchi liga vakili „Carlisle United“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan[18]. Zach Clough klubdagi birinchi golini safarda „Hartlepool United“ futbol klubi qarshi uchrashuvda (2:1 hisobida magʻlubiyat) kiritishga muvaffaq boʻlgan[19]. Zach Clough klub safida barcha musobaqalarda 23 ta oʻyin oʻtkazgan[20].

Adelaida United tahrir

2022-yil 5-fevralda Zach Clough A Liga vakili „Adelaida United“ futbol klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[21]. Zach Clough klubdagi debyut oʻyinini 2022-yilning 12-fevralida „Wellington Phoenix“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan[22]. Zach Clough „Adelaida“ klubi uchun birinchi golini A-Liga vakili „Melbourne City“ futbol klubiga qarshi kechgan dramatik yarim final javob uchrashuvida kiritgan. 2022-yilning 6-iyunida Zach Clough klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagani uchun uning 2023—2024-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoldirishi maʼlum qilingan[23].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil 17-oktyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Bolton Wanderers 2014—2015 Chempionat 8 5 2 1 10 6
2015—2016 28 7 1 0 29 7
2016—2017 Birinchi liga 23 9 4 0 2 0 29 9
Jami 59 21 6 1 1 0 2 0 68 22
Nottingham Forest 2016—2017 Chempionat 14 4 14 4
2017—2018 13 0 2 0 2 0 17 0
2018—2019 0 0 0 0
2019—2020 0 0 0 0
2020—2021 0 0 0 0
Jami 27 4 2 0 2 0 0 0 31 4
Bolton Wanderers (ijara) 2017—2018 Chempionat 9 1 9 1
Rochdale (ijara) 2018—2019 Birinchi liga 9 0 1 0 3 1 13 1
Wigan Athletic 2020—2021 Birinchi liga 13 1 13 1
Carlisle United 2021—2022 Ikkinchi liga 17 2 2 1 4 0 23 3
Adelaide United 2021—2022 A Liga 11 0 2 1 13 1
2022—2023 1 0 2 1 3 1
Jami 12 0 2 1 0 0 2 1 16 2
Jami 146 29 13 3 3 0 11 2 173 34

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Nottingham Forest“. English Football League. Qaraldi: 24-oktabr 2019-yil.
  2. „Bolton Wanderers FC Development Squad and Under-18 Profiles“. bwfc.co.uk. 15-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2022-yil.
  3. „BBC Sport – Bolton Wanderers 1–0 Wigan Athletic“. BBC Sport.
  4. @OfficialBWFC. „Zach Clough signs contract extension“. bwfc.co.uk. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  5. „Zach Clough makes Nottingham Forest switch“. bwfc.co.uk (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2017-yil.
  6. „From rejecting Manchester United to going to the same school as Mick Hucknall. Who is Zach Clough?“. Nottingham Post (2-fevral 2017-yil). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  7. „Forest 2–1 Aston Villa“. Nottingham Forest Official (4-fevral 2017-yil).
  8. „Forest 3–0 Brighton“. Nottingham Forest Football Club Official Website (4-mart 2017-yil).
  9. „Zach Clough, Tyler Walker, Reece Burke and Jon Flanagan: Bolton sign four“. BBC Sport (1-fevral 2018-yil). Qaraldi: 1-fevral 2018-yil.
  10. „BIG MATCH VERDICT: Bolton Wanderers 1 Sunderland 0“.
  11. „Zach Clough Joins Rochdale On Loan“. Rochdale A.F.C. (31-avgust 2018-yil). Qaraldi: 31-avgust 2018-yil.
  12. „Match Report: Rochdale 2–1 Bury“. buryfc.co.uk (4-sentabr 2018-yil). 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2018-yil.
  13. „Rochdale Resecure Zach Clough On Loan From Nottingham Forest“ (31-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 2-fevral 2019-yil.
  14. „Latics complete signing of forward Zach Clough“. Wigan Athletic FC (22-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
  15. BBC Sport: Wigan Athletic 0-0 Fleetwood Town"
  16. [cite web|url=https://www.bbc.co.uk/sport/football/56960361 BBC Sport: „Wigan Athletic 3-4 Swindon Town“]
  17. Wigan Athletic: „2020-21 RETAINED LIST“
  18. „Forward pens two-year deal“. Carlisle United Football Club (22-iyun 2021-yil). Qaraldi: 22-iyun 2021-yil.
  19. „Carlisle beaten by Hartlepool United“ (5-fevral 2022-yil). Qaraldi: 5-fevral 2022-yil.
  20. „Forward departs“. www.carlisleunited.co.uk (31-yanvar 2022-yil).
  21. „Reds sign English attacking midfielder“ (5-fevral 2022-yil). Qaraldi: 5-fevral 2022-yil.
  22. „Wellington Pheoenix vs Adelaide United“ (12-fevral 2022-yil).
  23. Adelaide United: „ZACH CLOUGH COMMITS TO REDS FOR TWO SEASONS“