Zach Sims (1990-yilda tugʻilgan) – Codecademy asoschilaridan biri boʻlgan amerikalik tadbirkor. Hozirda u kompaniyaning bosh direktori lavozimida ishlaydi[1][2].

Zach Sims

Zach Sims 2012-yil
Tavalludi 1990
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Kolumbiya universiteti
Kasbi Tadbirkor
Mashhur ishlari Codecademy asoschisi va bosh direktori

Biografiyasi

tahrir

Sims 13 yoshida u suv oʻtkazmaydigan iPod korpusini yaratish gʻoyasi bilan ishlab chiqaruvchilarga elektron pochta xabarlarini yuborishni boshlagan[3].

Sims keyinchalik Kolumbiya universitetiga 2012-yil[4] siyosatshunoslik ixtisosligi yoʻnalishiga oʻqishga kirdi[5][6].

Oʻzining talabalik davrida u boshqa talabalarning koʻpchiligi ish qidirishga mos keladigan koʻnikmalarga ega emasligini tushundi[7]. U, shuningdek, 2010-yilda TechCrunch Disrupt ilovasini demosini koʻrganidan soʻng, kollejdagi doʻsti Jared Hecht tomonidan asos solingan GroupMeʼda ishlagan[3]. Biroq, u samarali dasturlash kurslarining yoʻqligidan hafsalasi pir boʻlgan[8]. Natijada, u Columbia Daily Spectator[4] da ishlayotganida tanishgan doʻsti Ryan Bubinski yordamida dasturlashni oʻrganishga qaror qildi. Ryan Bubinski Simsga dasturlashni oʻrgatish uchun birgalikda ular Codecademyning birinchi versiyasini yaratdilar[7].

2011-yilda Sims va Bubinski Y Combinatorning yozgi dasturiga qabul qilindi. Oʻsha yozda Sims Bubinski bilan Codecademy dasturini ishga tushirdi va bitiruvdan bir yil oldin Sims kollejni tashlab ketdi[8][9]. 2011-yilda startap loyiha Pinterestga yutqazib, TechCrunchning eng yaxshi yangi startap mukofotlarida ikkinchi oʻrinni egalladi[10][11]. Ishga tushirishning birinchi haftasida u 200 000 dan ortiq foydalanuvchilarni jalb qildi va 2011-yil oxiriga kelib 1 million foydalanuvchiga ega boʻldi[12]. 2021-yil holatiga koʻra Codecademy 45 million foydalanuvchi ega boʻldi[8].

2013-yilda Sims Time 100 finalchilaridan biri deb topildi[13][14]. 2015-yilda Sims Jahon iqtisodiy forumida qatnashdi[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Zach Sims“ (en). World Economic Forum. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  2. Sankaran, Lakshmi. „No one’s too young to have an impact: Zach Sims, co-founder, Codeacademy“. The Economic Times. Qaraldi: 2022-yil 24-may.
  3. 3,0 3,1 Zhang, Maggie „9 Startup Lessons From The Founder Of Codecademy“ (en-US). Business Insider. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  4. 4,0 4,1 „An Online Platform for 21st Century Literacy“ (en). Columbia College. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  5. Sankaran, Lakshmi. „No one’s too young to have an impact: Zach Sims, co-founder, Codeacademy“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  6. „Columbia Daily Spectator 8 October 2013 — Columbia Spectator“. spectatorarchive.library.columbia.edu. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  7. 7,0 7,1 7,2 „The man with 26 million students“ (en-GB). BBC News (2015-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  8. 8,0 8,1 8,2 Luce, Ivan De „Codecademy founder Zach Sims is coming for your developers“ (en). www.businessofbusiness.com (2021-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  9. Kennedy, John „The interview: Zach Sims, co-founder, Codecademy - Careers | siliconrepublic.com – Ireland’s Technology News Service“ (en). Silicon Republic (2014-yil 24-iyul). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  10. Dickinson, Boonsri „Meet The 21-Year-Old College Dropout Who Founded Codecademy And Wants To Turn Everybody Into A Coder“ (en-US). Business Insider. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  11. „Congratulations Crunchies Winners! Dropbox Is The Best Overall Startup“ (en-US). TechCrunch. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.[sayt ishlamaydi]
  12. Lagorio-Chafkin, Christine „30 Under 30: Zach Sims and Ryan Bubinski, Codecademy“ (en). Inc.com (2012-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  13. „How Zach Sims Grew A Successful Business – CanadianSME“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  14. Staff, TIME. „Zach Sims and Ryan Bubinski: The 2013 TIME 100 Poll“ (en-US). Time (2013-yil 22-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.