Zahariy Kalashov
Zahariy Kalashov | |
---|---|
Tavalludi | 20-mart 1953 |
Fuqaroligi | Gurjiston, Rossiya va SSSR |
Zahariy Knyazevich Kalashov (gruzincha: ზაქარია 'შაქრო' კალაშოვი, ruscha: Заха́рий Кня́зевич Калашо́в; 20-mart 1953-yilda tugʻilgan) – „Yosh Shakro“ (Shakro Molodoy) laqabli, rossiyalik mafiya boshligʻi, taniqli gangster va qonun oʻgʻrisi, rus mafiyalarining eng koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri hisoblanadi[1][2].
Tarix
tahrirQoʻshma Shtatlar federal hukumatiga koʻra, Kalashov „Birodarlar doirasi“ deb nomlanuvchi jinoiy sindikatning „asosiy aʼzosi“ hisoblanadi[3]. 2005-yil iyun oyida Ispaniya hukumati „Birodarlar doirasi“ning 30 nafar aʼzosini nishonga olgan „Asp“ operatsiyasini boshlagan va natijada 800 ta bank hisoblari, hashamatli villalar va avtomobillar musodara qilindi. Kalashov Birlashgan Arab Amirliklariga qochib ketgan va u yerda 2006-yilda hibsga olingan. Zahariy oʻsha davrda Rossiyadan tashqarida hibsga olingan rus mafiyasining eng yuqori martabali aʼzosi hisoblangan[4]. Keyinchalik u Ispaniyaga ekstraditsiya qilingan va 2009-yilda pul yuvish va reketlikda aybdor deb topilgan[5]. 2010-yil iyun oyida Zahariy yetti yarim yilga qamoq jazosiga hukm qilingan va sud tomonidan unga 20 million yevro miqdorida jarima solingan[6]. 2011-yilda uning jazosi toʻqqiz yilga koʻpaydi va jarima 22,5 million yevrogacha oshirilgan[7].
2010-yil sentyabr oyida Ispaniya sudi Kalashovni Gruziyaga ekstraditsiya qilishni maʼqulladi, u yerda Zahariy odam oʻgʻirlash va boshqa jinoyatlarda sirtdan aybdor deb topilib, 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Unga ekstraditsiya boʻyicha Ispaniya Oliy sudiga shikoyat qilishga ruxsat berildi[8]. Nega sud uni jazoni oʻtash uchun Gruziyaga ekstraditsiya qilish oʻrniga fuqaroligi ham bor Rossiyaga joʻnatgani nomaʼlum edi. U 2014-yil 29-oktyabr kuni Moskvaga qaytib keldi va u yerda qoʻyib yuborilishidan oldin Rossiya Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv departamentida „profilaktik“ uchrashuv oʻtkazish uchun uchrashgani xabar qilingandi[9].
Yana qarang
tahrir- Gruziyadagi yazidiylar
Manbalar
tahrir- ↑ „Mafiosi in the Caucasus“. The National Interest (2010-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „Well known kingpin, born in Baku, deported from Spain to Moscow“ (en). Report News Agency. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ „Treasury Designates Key Members of the Brothers' Circle Criminal Organization“. United States Department of the Treasury (2012-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ Harding, Luke. „Litvinenko investigating Abramovich money-laundering claims, court told“. The Guardian (2015-yil 16-mart). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „La Policía Nacional detiene al líder de la mafia rusa Zahar Kalashov“ (es). El Periodico (2010-yil 6-iyun). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „Spanish court sentences Georgian crime boss“. Deutsche Welle. Agence France-Presse (2015-yil 1-iyun). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „ზაქარია კალაშოვი კვლავ ესპანეთში რჩება“ (ka). Ambebi (2011-yil 6-aprel). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „Spanish court allows extradition of Georgian crime boss“. News.az (2010-yil 28-sentyabr). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.
- ↑ „Испания выдала России возможного преемника Деда Хасана“ (ru). Izvestiya (2014-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-noyabr.