Zahir Foryobiy
Zahir Foryobiy, Tohir bin Muhammad Zahiriddin Abulfazl (?, Foryob–598 h.q./1201 m., Tabriz) – shoir.
Yoshligidan arab tili, adabiy, nujum va hikmat ilmlarini oʻrganish talabida Xuroson, Ozarbayjon va Iroq oʻlkalariga safar qiladi. Shoir sifatida tez tanilib, Nishopur hokimi Toʻgʻonshoh saroyiga taklif etiladi. Hokim bilan munosabati buzilgach, saroyni tark etadi va Ozarbayjonda Qizil Arslonga xizmat qiladi. Devoni qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy va tarkibband janridagi sheʼrlardan iborat. Jamoliddin Isfahoniy, Mujiriddin Baylaqoniy, Xoqoniy Shirvoniy, Nizomiy Ganjaviy, Asiriddin Axsikatiy, Anvariy Abivardiy kabi shoirlarning izdoshi boʻlgan. Shuning uchun ham Navoiy Zahir Faryobiyni “Mahbub ul-qulub” asarida majoziy ishqni tarannum qilgan shoirlar sirasiga kiritadi. Alisher Navoiy “Hiloliya” qasidasini Zahir Faryobiyning shu nomdagi qasidasi taʼsirida yozgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |