Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bogʻi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bogʻi - ushubu bogʻ Toshkent shahrida joylashgan, oldingi Toshkent hayvonot bogʻi hududida.

Qurilish tarihi

tahrir

24-yanvar 2017-yili Toshkent shahar hokimligi yangi istirohat bogʻi ochilishi haqida xabar qlgan edi[1].

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, tumanning Oʻzbekiston ovozi koʻchasi yoʻnalishining oxirgi qismida joylashgan, sobiq Toshkent hayvonot bogʻi hududida 12 gektar maydonda yangi madaniyat va istirohat bogʻini bunyod etish ishlari boshlandi. Hududda barpo etilayotgan dam olish maskani mavzedagi aholining sevimli istirohat manziliga aylanishi moʻljallanmoqda.

Investorlar bogʻ hududini butunlay yangicha loyihaga asosan olib boriladigan bunyodkorlik ishlariga tayyorlashmoqda. Bogʻda turli attraktsionlar, savdo va ovqatlanish shohobchalari, sayr qilish uchun yoʻlaklar, suhbatlashish uchun oʻrindiqlar oʻrnatish koʻzda tutilmoqda.

Loyiha mualliflari hududdagi yashil zonalar hamda oʻsimlik dunyosiga zarar etkazmaslikni eʻtiborga olishgan. Madaniyat va istirohat bogʻining Navroʻz bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan[2].

Ammo keyinchalik istirohat boʻgi iyun oyida ochilishi maʼlum boʻldi.

10-iyun 2017 yili Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent Markaziy eko bogʻi ochildi.

Manbalar

tahrir
  1. http://tashkent.uz/lat/article/11623/[sayt ishlamaydi]
  2. http://tashkent.uz/lat/article/11623[sayt ishlamaydi]