Zahiriddin Xilvatiy
Zahiriddin Xilvatiy (vaf. 800 h.q./1398 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Sayfiddin Xilvatiyning muridi, Zayniddin Abubakr Toybodiy va Shayx Abuyazid Puroniyning zamondoshi. Qurʼoni karimni toʻliq yod olib, yetti xil qiroat bilan oʻqigan. Chillada oʻtirganida oʻn kunda bir marta iftorlik qilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |