Zahra Rahimboboyeva
Zahra Rahimboboyeva — sovet davlat va siyosat arbobi.
Zahra Rahimboboyeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1923-yil 2-fevral Аndijon |
Vafoti | 1992-yil 7-mart (69 yosh) |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirZahra Rahimboboyeva 1923-yil Andijonda tugʻilgan. 1946-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Rahimboboyeva 1942-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1942-1970-yillarda instruktor, viloyat komsomol komiteti kotibi, viloyat komiteti boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi vazifalarida ishlagan. Shu bilan birga, KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasining aspiranti, Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotibi hamda Oʻzbekiston SSR Madaniyat vaziri lavozimida ham faoliyat koʻrsatgan.
Z.Rahimboboyeva 1967-yildan 1973-yilgacha diplomatik sohalarda, xususan, SSSR vakili sifati Xalqaro demokratik ayollar federatsiyasi kotibi (Shtab-kvartirasi Berlinda) boʻlib ishlagan.
1973—1977-yillarda esa SSSRning Hindistondagi elchixonasining Favqulodda va muxtor maslahatchisi-elchisi boʻlgan.
1977—1981-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligida Lotin Amerikasi bilan madaniy va iqtisodiy hamkorlik boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Zahra Rahimboboyeva Oʻzbekiston tarixidagi diplomatik unvonga ega boʻlgan — Favqulodda va Muxtor birinchi oʻzbek ayol Elchisi hisoblanadi.
Uzoq yillar davomida Rahimboboyeva Sovet-Hindiston va Sovet-Meksika doʻstlik jamiyatining vitse-prezidenti boʻlgan.
Olima SSSR Oliy Kengashining 5- va 6-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSSning XX va XXI qurultoylari delegati ham hisoblangan.
Bundan tashqari, u besh marotaba Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan. (3-,4-,7-,10- va 11-chaqiriqlar).
Rahimboboyeva shu bilan birga, 1986—1992-yillarda,,Vatan" jamiyati Prezidiumi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Z.R.Rahimbaboyeva xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, ularning huquqlarini himoya qilish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan.
Rahbarlik va diplomatik sohalardagi faoliyati davomida u bor shijoati bilan Oʻzbekistonda madaniyat, ilm-fan va sanʼatni rivojlantirish va ularni xorijda targʻib etishda oʻz hissasini munosib qoʻshgan.
Davlat va siyosat arbobi Z.R.Rahimbaboyeva 1992-yil 3-iyulda Toshkent shahrida vafot etgan.
Kompozitsiyalar
tahrir- Raximbaboeva Zuxra Rahimovna Oʻzbekiston ayoli kommunizm yoʻlida [Matn] : [Oʻzbek tilining 25 yilligiga. SSR] / Z. Raximbaboeva. — Toshkent : Oʻzbekiston SSR Davlat nashriyoti, 1949 [son. Dan. 1950] (Oʻzbekpoligrafizdatning 1-turi). — 76 p.; 20 sm
- Raximbaboeva Zuxra Rahimovna SSSRda lenincha-stalincha milliy siyosatning gʻalabasi va uning xorijiy Sharq xalqlari ozodlik kurashini rivojlantirishdagi ahamiyati [Matn]. : Abstrakt dis. tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun / akad. jamiyatlar. KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi fanlar. KPSS tarixi kafedrasi. — Moskva : [b. va.], 1954. — 16 b.; 21 sm
Havolalar
tahrir- SSSR Oliy Kengashining deputatlari, 5-jild. — "SSSR mehnatkash xalq deputatlari Sovetlarining „Izvestiya“ nashriyoti. — 1958. — b. 332.
- centrasia.org