Zahrun Magʻribiy“Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Hozirgi Liviyadagi Taroblis shahrida tugʻil­gan. Muzaffar Kirmonshohiyning muridi. Ramla shahrida vafot etgan. Abu Abdulloh Magʻribiy uni futuvvat ahlining peshvolaridan biri deb bilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.