Zalsburg koʻftasi
Zalsburg koʻftasi (nemischa: Salzburger Nockerln , Avstriya-Bavariya lahjasida Soizburga Noggal)[1] ― pishirilgan shirin vanilli sufle, Zalsburgdagi mashhur[2] delikates.
Kayzershmarrn yoki olmali shtrudel kabi, Zalsburg koʻftasi Avstriya oshxonasining timsoliga aylandi. Ularni XVII-asrning boshlarida badavlat savdogarning qizi va Zalsburg knyaz-yepiskopi Volf Ditrix Raytenauning maʼshuqasi Salomeya Alt ixtiro qilgan deb hisoblanadi. Pudra sepilgan sufle togʻchalari eski shaharni oʻrab turgan Festungsberg, Myonhsberg va Kapuzinerberg qorli tepaliklari ramzidir.
Tuxum oqini shakar va gidrotartrat kaliy bilan yaxshilab koʻpchitiladi. Tuxum sarigʻi va bugʻdoy uni aralashtiriladi. Pishirish qolipiga vanil va limon qobigʻi bilan sut yoki qaymoq quyiladi. Belkurakcha yoki qoshiq bilan uch tepalik shaklidagi qubbalar yasaladi va pechda past haroratda pishiriladi. Zalsburg koʻftasiga shakar kukuni sepib, har doim yangiligicha dasturxonga tortiladi. Baʼzan vanil, malina yoki shokolad sousi, koʻpchitilgan qaymoq, muzqaymoq bilan bezatiladi. Koʻftaning har xili bor, har bir Avstriya restoranining oʻz retsepti bor[3][4].
Avstriyalik bastakor Fred Reymond (1900-1954) 1938-yilda „Zalsburg mavsumi“ yoki „Zalsburg koʻftalari“ operettasini yozgan. Operetta matnida desert „sevgi kabi shirin va boʻsa kabi muloyim“ deb ataladi (nemischa: «Süß wie die Liebe und zart wie ein Kuss» ).
Manbalar
tahrir- ↑ Грицак Е. Н. „Восточный Тироль: труба зовет...“, . Тироль и Зальцбург.
- ↑ Fox M. S., Bear J. B „Salzburger Nockerl“, . Morning Food: Breakfasts, Brunches and More for Savoring the Best Part of the Day. Potter/TenSpeed/Harmony, 2006. ISBN 978-1-58008-782-7.
- ↑ Crumpacker B. „Salzburger Nockerl“, . How to Slice an Onion: Cooking Basics and Beyond--Hundreds of Tips, Techniques, Recipes, Food Facts, and Folklore. Macmillan, 2009. ISBN 9781429964388.
- ↑ Sheraton M. „Salzburger Nockerln“, . 1,000 Foods To Eat Before You Die: A Food Lover's Life List. Workman Publishing,, 2015. ISBN 9780761183068.
Adabiyotlar
tahrir- Erhard Gorys. Salzburger Nockerln // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 464. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
- Eckhard Supp. Salzburger Nockerl // Wörterbuch Kochkunst: Von Amuse-Bouche bis Zierschnee. — Mannheim: Dudenverlag, 2011. — S. 95. — 128 S. — ISBN 978-3-411-70392-0.