Zambarak daraxt
Zambarak daraxt (Couroupita guianensis)[1] – Britaniyaning Gvianasida oʻsadigan daraxt. Uning gul hamda mevalari daraxt tanasi boʻylab osilib turadigan novdalarda oʻrnashgan. Gullash davriga yaqin oʻsimlik tanasining har xil qismidan novdaga oʻxshash uzun gulbandlar oʻsib chiqa boshlaydi va bu gulbandlarning oxiri yoʻgʻonlashib, oldin gulga keyinchalik mevaga aylanadi. Bu gulbandlar yillar oʻtishi bilan uzayib boradi. Nihoyat mevalar oʻsimlik tanasida turlicha uzunlikdagi bandlarda osilib turadi. Zambarak daraxtini fanda Kouropita guanenzis deb yuritadilar. Oʻziga xos manzaraga ega boʻlgan bu daraxt koʻpgina tropik mamlakatlarning botanika bogʻlarida oʻstiriladi. Mevasi qattiq, yumaloq, sharsimon, jigar rang, diametri 10–18 sm ga yetadi. Bu oʻsimlikning mevalari shamolda bir-biriga yoki daraxtning tanasiga urilib uzoqdan kelayotgan zambarak shovqinlarini eslatuvchi oʻziga xos ovoz chiqaradi. Shuning uchun bu oʻsimlikka zambarak daraxt degan non berilgan.
Adabiyotlar
tahrir- ↑ Усмонов Д., Ҳошимов Н. Дунёнинг ғаройиб дарахтлари. – Тошкент: Фан, 2007. 6-б.