Zamonaviy xitoy ierogliflarning tarkibi
Zamonaviy xitoy ierogliflarning tarkibi
tahrirZamonaviy xitoy ierogliflar tarkibini quyidagilardan tashkil topgan: a) sodda ierogliflar; b) murakkab ierogliflar; v) kalitlar; g) fonetiklar. Xitoy tilidagi barcha yozuv belgilari ikkita katta guruhga boʻlinadi: 1. Xitoy ieroglifik yozuvning boshlangʻich (dastlabki) elementlari – eng sodda yozuv belgilari (xitoy terminologiyasi boʻyicha 文 wen deb nomlanadi) tarkibiy qismlarga boʻlinmaydi. Professor I. M. Oshaninning hisoblashicha, bunday elementlarning soni – 458 ta;
2. Murakkab ierogliflar (xitoy terminologiyasi boʻyicha 字 zi deb nomlanadi) birinchi guruhdagi belgilarning turli xil kombinatsiyalari asosida quriladi. Murakkab ierogliflarning soni 60 mingga yaqindir, biroq, hozirgi zamon tilida eng koʻp ishlatiladigan ierogliflarning soni 6-7 mingtani tashkil qiladi.
Sodda ierogliflar
tahrirXitoy yozuvining eng qadimgi ierogliflari boʻlmish boshlangʻich elementlar oʻz navbatida ikkita kategoriyaga taqsimlanadi:
Tasviriy (xitoy terminologiyasi boʻyicha 象形 xiangxing deb nomlanadi) va ishora qiluvchi (koʻrsatuvchi) (xitoycha 指示 zhishi nomiga ega).
Tasvir toifasidagi ierogliflar piktogramma boʻlib, alohida narsa buyumlarning aniq tasviridir.
Piktogrammaning paydo boʻlishi tasvirli yozuvning bosqichma-bosqich rivojlanishi bilan bogʻliq. Tasvirli yozuv hamda piktogramma oʻrtasida maʼlum farqlar mavjud: tasvirlar va yozuv paydo boʻlgungacha boʻlgan davrda muomala vositasi sifatida foydalanilgan belgilarni ieroglif deya olmaymiz. Ierogliflar yozuv belgisi sifatida, yozuvda alohida morfemani ifodalaydi hamda maʼlum maʼno va ohangga ega boʻladi.
Tasvir toifasidagi ierogliflar nisbatan kamroq uchraydi, chunki faqatgina aniq shakldagi narsa-buyumlarni aynan chizish mumkin. Piktogrammalar inson kundalik hayotida koʻp foydalanadigan buyumlarni ifodalagani uchun ham nisbatan keng foydalaniladi. Piktogrammalar oʻsimlik va hayvonot olamiga oid, insonga oid, koinotga oid, mehnat buyumlariga oid, kundalik hayotga oid predmetlarni ifodalaydi. Baʼzi misollarni keltiramiz:
Ieroglif yozuvining birinchi elementlari koʻrsatkich ishorali ierogliflar toifasi boʻlib, narsa-buyumning tasvirini ifodalamaydi, balki tasvirini ifodalash qiyin boʻlgan soʻzlarni ifodalaydi. Bunga raqamlar, taʼqiq belgilari va boshqalarni kiritish mumkin. Uchgacha boʻlgan raqamlar gorizontal belgilar bilan ifodalanadi:
一 yi – „bir“;
二 er – „ikki“;
三 san – „uch“;
八 ba ieroglifi („sakkiz“) bir predmetning boʻlaklarga boʻlinishini ifodalaydi;
十 Shi ieroglifi(„oʻn“) dunyo taraflari-sharq, gʻarb, shimol, janubni anglatadi.
Hozirgi kundagi ierogliflardan 上 shang „yuqori“ va 下 xia „quyi“ kabilar ham shu toifaga mansub boʻlib, ierogliflarning oʻng tarafidagi gorizontal chiziqlar mos ravishda yuqori va quyiga ishora qiladi.
Koʻrsatkich ishorali ierogliflar tasvirli ierogliflarga qaraganda anchagina kam. 25000ta ieroglifda ularning ulushi 0.5% xalos. Koʻp qoʻllanadigan 4000 ta ieroglifda esa ular 3%ni tashkil etadi
Murakkab ierogliflar
tahrirMurakkab ierogliflarning paydo boʻlishi va shakllanishi mavhum soʻz va tushunchalar miqdorining oʻsib borishi bilan izoxlanadi. Yangi soʻzlarni oddiy piktogramma va belgilar bilan yozuvda ifodalashning imkoni yoʻq edi. Yangi soʻzlarni hosil qilish piktogrammalar va belgilarni qoʻshish orqali hosil qilindi va bunda yangi soʻzning maʼnosi va yangi soʻz tarkibidagi piktogramma maʼnosi oʻrtasida bogʻliqlik bor edi. Masalan, 木 mu – daraxtni anglatadi, ikkitasi birgalikda murakkab ieroglifni tashkil etib, 林 lin (oʻrmon) morfemasini hosil qiladi, uchtasi bir ieroglifga birlashib, „changalzor“ deb ataladi va soya maʼnosini beradi.
东 dong (sharq) ieroglifi 木 mu (daraxt) va 日 ri (quyosh) belgilaridan, (yaʼni, daraxtzor ortidan koʻtarilib kelayotgan quyosh) tashkil topgan. 男 nan ieroglifi esa 田 tian (dala) va 力 li (kuch) belgilaridan (yaʼni, daladagi kuch) tashkil topgan. Ieroglif yaratishning bunday usulining yaratilishi yozuvning yanada yoqori darajaga chiqqanligini anglatadi; yozuvda ideogrammalar (会惠 huiyi) paydo boʻladi.
Ideogrammalar murakkab sintetik belgilar boʻlib, odatda ikkita belgidan iborat boʻladi va bu belgilar maʼno jihatdan ideogramma maʼnosiga aloqador boʻladi. Ideogrammaning ikkala qismi ham maʼno anglatadi, faqat ideogrammaning talaffuzi uning qismlarining talaffuziga bogʻliq boʻlmaydi. Talaffuzdagi bu nomuvofiqlik xitoy ieroglifining ideogrammalariga xos xususiyat hisoblanadi. Ideogrammalar hosil qila olish mavhum soʻzlarni ifodalashda juda qoʻl keladi. Shuni aytish kerakki, doim ham ideogramma tarkibidagi belgining maʼnosi anglab olish oson boʻlmaydi. Baʼzida murakkab ierogliflarning tarkibiy qismlarini oydinlashtirish uchun chuqur taxlil qilish kerak boʻladi.
Ideogrammalar orqali soʻzlar yasash imkoniyati paydo boʻlgan boʻlsada, amalda yangi xosil qilingan soʻzlarni yodda saqlash mushkul edi. Bu odatda aʼnosi oʻxshash soʻzlarning barida asosiy soʻz ishtirokini talab qilar edi. Shu kabi ideogrammalar bilan bogʻliq murakkabliklar ieroglif yozuvida fonetik usul keng tarqalishiga olib keldi. Bunda soʻzlarning ohangidagi farqni yozuvda ifodalash uchun koʻrsatkichlardan foydalanildi. Misol uchun, 马 ma ieroglifi, „ot“ maʼnosini beradi, deyarli shunga oxangdosh soʻz 吗 ma ieroglifi esa (qoʻshimcha nü (ayol) belgisi bilan) ona maʼnosini beradi, quyidagi soʻzlarga eʼtibor bering: 骂 ma-"soʻkmoq" (口 kou-"ogʻiz" belgisi bilan); 蚂 ma- „chumoli“ (虫 chong-"hasharot" belgisi bilan).
Shu bilan xitoy ieroglifi taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi – yangi hosil boʻlayotgan ierogliflar murakkab fonogrammaga ega edi. Bunda yangi hosil boʻlayotgan ierogliflarning tarkibida fonetik koʻrsatkichidan tashqari yana qoʻshimcha belgisi – uning yangi maʼnosiga ishora qiluvchi semantik determinativi yoki kaliti bor edi.
Koʻp hollarda murakkabroq ierogliflarda fonetika va kalitdan iborat fonogrammaning oʻzi fonetika vazifasini bajarib berar edi.
Fonetik yozuv rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan qoidalardan biri bu „oʻzlashtirma soʻz“lardir (xitoycha 假借 jıajıe). Oʻzlashtirma soʻzlarning moxiyati shunda ediki, bunda yangi soʻzni ifodalash uchun oxangdosh boʻlgan eski ierogliflardan xech qanday belgi kalitlarni qoʻshmasdan foydalanildi. Masalan, piktogramma xisoblanadigan, bugʻdoyning maʼlum bir turini anglatuvchi 来 lai ieroglifi „kelmoq“ morfemasi uchun oʻzlashtirma boʻlib xisoblanadi. Qaynatilgan goʻsht uchun idish maʼnosini beruvchi 豆 dou ieroglifi esa dukkakli donlarni ifodalash uchun foydalanilgan.
Bu qoida boʻyicha yasaladigan soʻzlarga chetdan oʻzlashgan soʻzlar ham kiradi. Biroq, bunda faqatgina talaffuz oxangi saqlanib, ierogliflar oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Masalan, 蒙古 menggu „Mongoliya“(蒙 meng „qoramtir“ va 古 gu „qadimgi“ ierogliflaridan). Bu qoidada ieroglif sof holatda fonetik belgiga aylanadi.
Bugungi kunda fonogrammalar ierogliflarning eng keng tarqalgan turi boʻlib, ierogliflarning 80%idan koʻprogʻini tashkil etadi. Yangi ierogliflar ham aynan shu usulda yasalmoqda.
Bugungi kunda ideografik usul koʻp qoʻllanmoqda va deyarli barcha hollarda fonetik usul bilan birgalikda qoʻllanilmoqda. Biroq, bu degani xitoy ieroglif yozuvi xarfli yozuvga aylanayapti degani emas. Turli soʻzlarda ayni belgilar turlicha ohangga ega boʻlishi mumkin. Umuman olganda, yozuv hamda uning talaffuzi oʻrtasidagi bogʻliqlik juda murakkabligicha qolmoqda.
Shunday qilib, dastlabki ieroglif belgilaridan boʻlgan tasvirli belgilar va koʻrsatkichli belgilarning birikishidan murakkab ierogliflar hosil boʻldi. Bular ideogrammalar va fonogrammala edi. Bu toʻrtta ieroglif turlari birgalikda xitoy ieroglif yozuvini tashkil etadi va dastlabki belgilar mustaqil ravishda is’temolda qoʻllanmasdan, balki faqatgina murakkab ierogliflar tarkibida uchraydi.
Kalitlar
tahrirMaʼlum guruhga oid soʻzlarni ifodalash uchun xitoy ieroglifida murakkab ieroglif tarkibida shu guruhni ifodalovchi belgilardan foydalanildi va bular kalitlar yoki semantik determinativlar deb ataldi. Masalan, oʻsimliklarga oid barcha soʻzlar tarkibida 木 mu „daraxt“ belgisi bor.
Maʼlum buyumning yasalishida xom-ashyoning oʻzgarishi bilan shu soʻzning kaliti ham oʻzgaradi. Masalan,抢 qiang ieroglifi qurol aslaha soʻzini soʻzini ifodalaydi, faqat yogʻochdan yasalganini. Zamon taraqqiyoti bilan qurollar metalldan yasala boshlandi va 木 mu „daraxt“ kaliti jin kaliti bilan almashtirildi. Natijada, bugun qurol maʼnosini ifodalovchi, bir xil oxangga ega ikkita soʻz mavjud. Bu soʻzlardagi maʼnoviy farq esa kalitdan anglashiladi.
Kalit sifatida oddiy ierogliflardan foydalaniladi. Kalit va fonetiklar miqdorining aniq hisobi turli manbalarda turlicha va bu tilga ilmiy yondashuvlarning oʻzaro farqlari bilan bogʻliq. Shuni takidlash kerakki, kalitlarni hisobga olib borish katta ahamiyatga ega, zero lugʻatlarda soʻzlarni aynan kalitlarga qarab joylashtirish qulay hisoblanadi. mil. avv. I asrda Syuy Shen tomonidan tuzilgan „shuowenjiezi“ lugʻatida ham ierogliflar 540 ta kalit boʻyicha tartiblangan. VI asrda Gu Ye Van tomonidan tuzilgan „语 篇 yupian“ lugʻatida 542 ta kalitdan, XI asrda taniqli davlat arbobi va olim Sima Guang(1019-1086) tomonidan tuzilgan „类篇 leipian“ lugʻatida shu miqdordagi kalitlardan foydalanilgan. Vaqt oʻtishi bilan til ustida katta mehnat qilindi va kalitlar soni kamayib bordi.
Xitoy ieroglif tizimida muhim ahamiyat kasb etgan lugʻat 1633 yilda nashr etilgan „自会 zihui“ lugʻati boʻlib, „zengzitong“ nomi bilan 1705 yilda ham bosilgan. Unda kalitlar soni 214 tagacha qisqartirilgan boʻlib, aynan shu kalitlar tizimi ommaviy qabul qilinib, to bugungacha oʻzgartirilmay foydalanib kelinmoqda. Ieroglif lugʻatlari ham shu kalitlar asosida tuzilib nashr etilmoqda.
Fonetiklar
tahrirFonetiklar murakkab ierogliflar tarkibida kelib, ieroglifning talaffuzini belgilab beradi va ular taxminan mingtadan koʻproq. Fonetik boʻyicha lugʻat tuzishga boʻlgan urinish dastlab 1823 yilda boʻldi va bu lugʻatda u yoki bu fonetik guruhga mansub boʻlgan ierogliflar oʻz navbatida kalitlari boʻyicha ham tartiblangan edi.
Fonetik guruhlar boʻyicha tartiblangan lugʻatlar ommalashmadi, biroq ilmiy doiralarda, tarixiy izlanishlarda va ayniqsa, tilning tovush tizimi bilan bogʻliq izlanishlarda keng qoʻllandi. Shved olimi sinolog B. Karlgren keng miqyosda olib borgan ishlarini „Grammarta Serica“(1940) asarida bayon etadi. U 1260 ta fonetikni keltirgan.
Til taraqqiyoti bilan soʻzlarning talaffuzi oʻzgargan, xos tovushlar yoʻqolgan, boshqalari yangidan paydo boʻlgan, soʻzlarning ohangdorligi oʻzgargan. Lekin ierogliflarning grafik strukturasi asrlar davomida oʻzgarmasdan qolavergan. Oqibatda zamonaviy xitoy tilida bir xil fonetikka ega boʻlgan soʻzlar maʼnosi butunlay farq qilmoqda. Masalan, hozirgi zamon xitoy tilida gong ofnetikli ieroglif quyidagicha oʻqiladi:
功 gong „yutuq“, „jasorat“
空 kong „boʻsh“, „boʻshliq“
红 hong „qizil“
江 jiang „katta daryo“
项 xiang „band“, „paragraf“
Zhao fonetikli ierogliflar quyidagicha oʻqiladi:
兆 zhao „festonlar bilan bayroq“
桃 tao „shaftoli“
跳 tiao „yuqoriga sakramoq“
挑 tiao „xodada yuk tashimoq“
眺 tiao „diqqat bilan qaramoq“
Tovushlarning, xususan, boʻgʻin boshi undoshlarning oʻziga xos oʻzgarishi xitoy tilidagi tovushlardagi tarixiy oʻzgarishlarning qonuniyatlarini aks ettiradi.
Baʼzi bir fonetiklar ieroglifning bir xil boʻlgan oʻqilishiga koʻrsatib turadi. Shunday qilib, bin ieroglifi sikl belgisi, „yongʻin, olov“, bin „yorqin“, „aniq“ yoki uning grafik variantlari uchinchi ohang (ton)ga tegishli, lekin bin ieroglifi „dastak“, „qoʻlda ushamoq“, „kasallik“, „ziyon yetkazmoq“, bin „qattiq“, „mustahkam“ toʻrttinchi ohang (ton)ga tegishlidir.
Ohangdagi farqlanishlarni inobatga olgan holda, shunday „turgʻun“ fonetiklarning soni nisbatan koʻp emas, shu bois ierogliflarni oʻqishda fonetiklardan amaliy foydalanish qiyinchilik keltiradi.
Manbalar
tahrir- ↑ Minjie,Linda Mingfang, XING,LI „Applied Chinese Language Studies IV“. Qaraldi: 6-dekabr 2022-yil.
Adabiyotlar
tahrir• B. Karlgren „Grammar-ta Serica“ (1940)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |