Zarafshon koʻchasi (Toshkent)
Zarafshon koʻchasi — Uchtepa tumanining „Oʻrikzor“ mahallasi hududidagi markaziy koʻchalardan biri. XX asrning 2-yarmida tashkil topgan. Uzunligi 2 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Uchtepa |
Uzunligi | 2 km |
Koʻchada joylashgan binolar |
„Gulbahor“ bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi „Oʻrikzor“ boshbekati |
Samarbonu va Navo koʻchalari oraligʻida joylashgan. Tarkibida 7 ta tor koʻcha bor. Bositxon, Farnux, Saxovat va Dilafkor koʻchalarini kesib oʻtadi. Dastlab Toshkent viloyati Zangiota tumani hududiga qaragan. 1992-yil poytaxt hududiga oʻtkazilgan[1].
Yoʻnalishida shaxsiy turar joy binolari, „Gulbahor“ bolalar yozgi sogʻlomlashtirish oromgohi, avtobus bekatlari, savdo shoxobchalari, maktab, bogʻcha va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari mavjud. Koʻcha oxirida avtobus va marshrutli taksilar „Oʻrikzor“ boshbekati joylashgan. Yaqinida „Karvon bozori“ yopiq hissadorlik jamiyati, Qoraqamish va Quyi Boʻzsuv kanali hamda Toshkent avtomobil halqa yoʻli bor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.