Zarmitan qatig’i
Zarmitan qatigʻi
tahrirQiziltepaga tashrif buyurgan kishi borki, har kim bu hududnnng „Zarmitan qatigʻi“ni totmay ortga qaytmaydi. Oʻziga xos resept xamda tayyorlanish jarayoniga ega mashhur neʼmat bilan bogʻliq afsonalar ham yoʻq emas. Zarmitan qishlogʻining Rabot mahallasida yashovchi Salima Xamroyeva kelini Madina Saʼdullayeva bilan „toʻnkarilganida ham kosadan tushib ketmaydigan qatiq“ ivitib, bundan yaxshigina daromad qilib kelishadi. 15 yildan buyon bu kasb bilan shugʻullanib kelayotgan oilada bir kunda 50 ta kosagacha qatiq ivitiladi. Xonadon egalarining aytishicha, qatiq sopol idishlarda tayyorlanishi kerak. Shundan sung toʻrt soatda mazzali neʼmat tayyor boʻladi.
Aytishlaricha, Xoʻjai Xizr qishloq hududidan oʻtayotib, chanqab shu yerlik aholidan suv soʻragan ekan. U kishiga suv oʻrniga muzdekkina qatiq berishadi. Hazrat shunday saxovat koʻrsatganlarni duo qiladi. Shuning uchun ham xalq orasida „Zarmitan qatigʻiga duo ketgan“, degan fikrlar bor.
Albatta bu afsona. Ammo, har qanday rivoyat zamirida ham muayyan haqiqatlar yotadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |