Zarubavel
Zarubavel (ivritcha: זְרֻבָּבֶל — „Bobil urugʻi“, ossuriya-bobilcha ism, shuningdek, Zerubbavel ben Shaltiel) — Bibliyada Yahudoning fors hokimi (Agg. 1:1), yahudiylarning mashhur rahbari, uning boshchiligida yahudiy asirlarining birinchi guruhi (42 360 kishi — Ezdr. 2:64) Bobil asirligidan Yahudoga qaytishgan. Qaytish odatda miloddan avvalgi 538-520-yillarga toʻgʻri keladi.
Tarjimai holi
tahrirZarubavel shohlar Dovud va Sulaymon avlodidan kelib chiqqan (Mf. 1:12). Shu bois odamlar unga shahzoda sifatida qarashdi. Buyuk Kir II uni xalqning mas’ul hukmdori etib tayinlaydi va unga koʻchib keluvchilar taqdirini tartibga solishni buyuradi. Ikki yil oʻtgach, Quddusga kelganida, Zarubavel Quddusdagi Ikkinchi Maʼbadning poydevorini qoʻyadi (Ezdr. 3:8. birinchi maʼbad miloddan avvalgi 586-yilda Yahudodagi navbatdagi isyondan soʻng Bobil shohi Navuxodonosor tomonidan vayron qilingan). Iosif Flaviyning xabar berishicha, Zerubavel Fors shohi Doroning qoʻriqchisi boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan[1].
Zerubavel Yahudodagi fuqarolik va diniy hayotga alohida eʼtibor bergan va samariyaliklarga qarshi qaqshatqich urush olib borgan. Uning ismi Injilning „Qarindoshlik kitobi“da Dovudning oʻgʻli va Masihning (Iso Masih) ajdodlaridan biri sifatida keltirilgan.
U Ezra va Naximiyo kitoblarida, shuningdek, 1 Solnomalarda (faqat nasabnoma boʻlimida), Xaggay, Zakariyo va Matto va Luqo Xushxabarlarida (Isoning nasabnomasi) eslatib oʻtilgan.
Sheshbatsar
tahrirEzdr. 3:8 va Ezdr. 5:14 matnlarida kutilmaganda va hech qanday izohsiz boshqa qayd etilmagan hukmdor Sheshbazzar tilga olinadi va keyingi satrlarda uning oʻrnida Zarubavel tilga olinadi. Shu munosabat bilan, Bibliyashunos tarixchilari oʻrtasida u Zarubavel bilan ayni insonmi yoki undan oldingi (ehtimol, 1-Solnomada eslatib oʻtilgan Zerubavelning amakisi Shenazar bilan bir inson boʻlgan)mi, degan bahs bor 1Par. 3:18).
Manbalar
tahrir- ↑ Иудейские древности, kn.11, gl.3:1
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Lopuxin A. P. Zorovavel // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1894. — T. XIIa. — S. 685.
- Zorovavel // Bibleyskaya ensiklopediya arximandrita Nikifora. — M., 1892. — T. II. — S. 29.
- Svyaщ. Dimitriy Yurevich. Zorovavel // Pravoslavnaya ensiklopediya. — M., 2009. — T. XX: „Zverin v chest Pokrova Presvyatoy Bogoroditsi jenskiy monastir — Iveriya“. — S. 334-337. — 752 s. — 39 000 ekz. — ISBN 978-5-89572-036-3.