Zaynab Avadiya (arabcha: زينب الأوَدية) – VII asrda yashagan arab tabibasi va okulisti. U arablarning Bani Avd qabilasidan edi. Malakali shifokor sifatida u ko‘z va yaralarni davolashdagi tajribasi bilan arablar orasida mashhur bo‘lgan[1]. O‘rta asrlardagi turli arab manbalarida Zaynab haqida ma’lumot kelgan. Xususan, X asr tarixchisi Abul-Faraj Isfahoniyning “Kitob al-Ag‘oniy” (“Qo‘shiqlar kitobi”) vaXIII asr tabib i Ibn Abi Usaybiyaning “Uyun ul-anbo’ fi tabaqat al-atibbo”[2] (Tabiblarning biografik ensiklopediyasi) asarida Zaynabning nomi zikr qilingan[3].

Manbalar tahrir

  1. Abu-Rabia, Aref (2015-10-01). Indigenous Medicine Among the Bedouin in the Middle East. Berghahn Books. ISBN 978-1-78238-690-2.
  2. Jawad, H. (1998-06-30). The Rights of Women in Islam: An Authentic Approach. Springer. ISBN 978-0-230-50331-1.
  3. "Brill | Scholarly Editions". dh.brill.com. Retrieved 2020-07-26.