Zayniddin Faxriddinov
Zayniddin Faxriddinov (1922-yil 8-fevral – Qibray tumani Yalangʻoch qishlogʻi – 2000-yil 8-noyabr) – xalq seleksioneri, Oʻzbekistonda sitrus mevachilik asoschisi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1967). Mehnat faoliyatini 1938-yilda Qibray tumanidagi jamoa xoʻjaligida boshlagan. 1960-yildan jamoa xoʻjaligi issiqxonasida bogʻbon, 1966-yildan gulchilik va sitrus mevachilik brigadasi boshligi. 1988-2000-yillarda limonariy jamoa xoʻjaligi boshligʻi. Vegetativ duragaylash usulida Meyer limoni naviga Novogruzinskiy limon navi kurtagini payvandlash va olingan avlodni payvandust bilan qayta payvandlash (Gʻ,—Gʻ47) yoʻli bilan serhosil, mevasi yirik, kasalliklarga chidamli F—1 Toshkent, Novogruzinskiy navi urugʻidan chiqqan niholga Novoafonskiy navi kurtagini payvandlash va payvandlashni olingan avlodlarda kayta takrorlash (Gʻ, – Gʻ3) yoʻli bilan F —2 Yubiley („Toʻyona“) limon navlarini yaratdi va bu navlarning mukammal agrotexnikasini ishlab chiqdi. Bu navlar MDH mamlakatlarida koʻplab issiqxonalarda sanoat usulida yetishtiriladigan asosiy navlar hisoblanadi. Faxriddinov tashabbusi va rahbarligida O'zbekistonning koʻpgina viloyatlari xoʻjaliklarida issiqxona limonzorlari barpo etilgan.
Manbalar
tahrir- Toshkent limoni, T., 1969; Zolotoye yabloko, T., 1982. Ad.: Aʼlam 3., Ota oʻgitlari, T., 1985.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |