Zevs haykali taxminan 12,4 m (41 fut) balandlikda boʻlib, yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan miloddan avvalgi 435-yillarda Gretsiyaning Olimpiya ziyoratgohida yasalgan va u yerdagi Zevs ibodatxonasida oʻrnatilgan, ulkan oʻtirgan haykal figura edi. Zevs — qadimgi yunon afsonalarida osmon va momaqaldiroq xudosi, Olimp togʻi xudolarining shohi sifatida tasvirlanadi.

Zevs haykali
Umumiy maʼlumot
Shahar Olimp
Mamlakat Yunoniston
Qurilishi boshlangan miloddan avvalgi 776-yil
Qurilishi tugagan miloddan avvalgi 394-yil
Buzilgan sana milodiy 476-yil butkul yonib ketadi
Balandligi
Balandligi 17 metr
Texnik holati
Material oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Fidiy

Haykal fil suyagidan yasalgan plitalar va yogʻoch ramkadagi oltin panellardan iborat, xrizelefantin haykali edi. Zevs fil suyagi, oltin va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan va qora boʻyoq bilan boʻyalgan sadr daraxti taxtiga oʻtirgan holda tasvirlangan. U qadimgi Dunyoning yetti moʻjizasidan biri edi.

Haykal milodiy V asrda vayron qilingan va qoldiqlari yoʻqolgan, uning shakli tafsilotlari faqat qadimgi yunon tasvirlari va tangalardagi tasvirlardangina hayoliy tarzda tasavvur qilingan.

Tarixi

tahrir

Zevs haykali eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida Olimpiya oʻyinlarining asoschilaridan boʻlgan Eleanliklar tomonidan yangi qurilgan Zevs ibodatxonasi uchun buyurtma qilingan. Afinalik raqiblarini ortda qoldirishga intilib, Eleanliklar ilgari Parfenonda Afina Parfenosning ulkan haykalini yasagan haykaltarosh Fidiyni haykal qurilishiga taklif qilishadi[1].

 
Olimp haykali

Haykal uni joylashtirish uchun qurilgan ibodatxona yoʻlagining yarmini egallagan. Miloddan avvalgi 1-asr boshlarida geograf Strabon haykal unga tikilib qaragan inson tafakkurida „Agar Zevs oʻrnidan tursa va tikka koʻtarilsa, u ibodatxonaning tomini teshib yuborgan boʻlar edi“ degan taassurot uygʻotganini taʼkidlagan. Marmar yoki bronzadan yasalgan nusxalari saqlanib qolinmagan, ammo yaqin atrofdagi hududlarda zabt etilgan Elis tangalari, Rim tangalari va oʻyib ishlangan qimmatbaho toshlarda taniqli, ammo taxminiy variantlari mavjud[2].

Milodiy 2-asrning geografi va sayohatchisi Pausanias haykalning batafsil tavsifni yozib qoldirgan: haykal shishadan yasalgan zaytun gulchambarli toj va hayvonlar hamda zambaraklar tasviri oʻyib ishlangan zarhal libos kiygan. Uning oʻng qoʻlida gʻalaba maʼbudasi, toj kiygan Nikaning xrizelefantindan yasalgan kichkina haykali bor edi, uning chap tomonida burgutshakliga ega koʻplab toshlar bilan bezatilgan tayoq boʻlgan. Taxtda boʻyalgan figuralar va zarb qilingan tasvirlar ham boʻlib, ular oltin, qimmatbaho toshlar, fil suyagi bilan bezatilgan[3]. Zevsning oltin sandallari boʻrtma Amazonomaxiya bilan bezatilgan tayanchda joylashgan[4].

Pausanias, shuningdek, Altis bogʻining „botqoqli sharoiti“ tufayli fil suyagiga yetishi mumkin boʻlgan zararli taʼsirga qarshi turish maqsadida, haykalga doimo zaytun moyi bilan ishlov berilganliganini aytadi. Haykal poyidagi polga qora koshinlar yotqizilgan va moyni saqlash uchun ko‘tarilgan marmar hoshiya bilan o‘ralgan. Bu suv ombori haykalning koʻrinadigan balandligini ikki baravar oshiruvchi hovuz vazifasini bajargan[5].

Rim tarixchisi Liviyning yozishicha, Rim sarkardasi Aemilius Pavel (Makedoniya ustidan g‘alaba qozongan) haykalni ko‘rib, „xudoni ruhi xuddiki haykalga o‘tgan“ deb aytadi. Milodiy 1-asridagi yunon notiqlik sanʼati namoyondalaridan boʻlgan Dio Chrysostom, haykalning birgina koʻrinishi odamni yerdagi barcha muammolarini unutib qoʻyishiga koʻmaklashishini taʼkidlagan.

Rivoyat qilishlaricha, Fidiy maʼbud haykalini tugatib, uni oʻz joyiga oʻrnatgach shunday degan: „Sen hursandmisan Zevs?“. Haykaltaroshga javoban kuchli momaqaldiroq guldurab buning natijasida pol toʻshamasi yorilgan ekan[6].

Buzilishi

tahrir

Olimpiada oʻyinlari toʻxtatilgach, haykalga ishlatilgan oltin, qimmatbaho toshlar va fil suyagi talon toroj qilinadi. Milodiy 40-yilda Rim Imperatori Koligula Zevs haykalini Rimga keltirishni buyadi. Ammo rivoyatlarga koʻra, ishchilar haykalning qahridan qoʻrqib qochib ketadilar. Asta-sekin vayronaga aylangan ibodatxonaning faqatgina asosi va bir necha ustunlarigina qolgan. Milodiy V asrda haykal Konstantinopol shahriga olib kelinadi. Ammo haykal 476-yilda butkul yonib ketadi[6].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. McWilliam, Janette; Puttock, Sonia; Stevenson, Tom. Olimpiyadagi Zevs haykali, 2011. 
  2. Giselia M.A. Richter. Olimpiyadagi Zevs haykali, 1996. 
  3. Pausanias. Gretsiya tasviri. 
  4. McWilliam, Janette; Puttock, Sonia; Stevenson, Tom. Olimpiyadagi Zevs haykaliga yangicha yondashuvlar — 46-bet. 
  5. McWilliam, Janette; Puttock, Sonia; Stevenson, Tom. Olimpiadagi Zevs haykaliga yangicha yondashuv — 44-bet. 
  6. 6,0 6,1 Karomiddin Gadoyev. Sayyoramiz mo`jizalari, 2012 — 89-93-bet.