Zhang Chiming
张池明
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zhang Chiming
Tavallud sanasi 7-yanvar 1989-yil (1989-01-07) (35 yosh)
Tavallud joyi Chengdu, Sichuan, Xitoy
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2004 Chengdu Youth
2004 FC Metz
2004 Everton
2005—2007 Sheffield United
2007—2008 FC Porto
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2007 Chengdu Blades 0 (0)
2009—2010 SV Horn 14 (0)
2011—2015 Chongqing Lifan 123 (14)
2015—2018 Beijing Guoan 52 (4)
2018—2019 Tianjin TEDA 12 (0)
Milliy terma jamoa
2015 Xitoy 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-dekabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 25-oktyabr uchun)

Zhang Chiming (talaffuzi: Chjan Chiming) (1989-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda erkin agent.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Zhang Chiming oʻz futbolchilik faoliyatini Chengdu Youth jamoasida mashgʻulot oʻtkazgandan soʻng boshlagan, u 2004-yilda keyingi mashgʻulotlar uchun Liga 1 jamoasi FC Metz jamoasiga qoʻshilgan[1]. 2004-yil 29-sentyabrda, Fransiya yigʻini yakunlangandan soʻng, Zhangga Premer-liganing „Everton“ jamoasida mashgʻulot oʻtkazsih uchun chaqirilgan[2]. 2005-yil 3-yanvarda Angliya chempionatining „Sheffild United“ klubi Zhanga qiziqib qolgan va uni rasman yoshlar akademiyasiga qo‘shib olgan[3]. U 2005-yil 11-dekabrda klub rasman Xitoy ligasining birinchi jamoasi Chengdu Bleyd safiga qoʻshilgan[4]. Chengduda Zhang yoshlar akademiyasida oʻynagan va oxir-oqibat asosiy jamoaga koʻtarilgan[5].

„Portu“da Zhang klubning asosiy jamoasiga koʻtarila olmagan va shartnomasi muddati tugagach, klubni tark etgan. 2008-yil 23-avgustda Bundesliganing „Augsburg“ jamoasi[6], 2009-yil, 9-yanvarda Avstriyaning Bundesliga vakili LASK Lints bilan sinov oʻyinlarida ishtirok etgan[7]. Zhang oxir-oqibat 2009-yil 20-fevralda Avstriya mintaqaviy ligasi vakili SV Horn bilan shartnoma imzolagan[8]. U klubdagi debyutini 2009-yilning 27-martida SV Mattersburg IIga qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazib, zaxiradan maydonga tushgan[9]. 2008/09-yilgi mavsumda u toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan, klub uchinchi divizionda ikkinchi oʻrinni egalladi, ammo keyingi mavsumda u faqat toʻrtta oʻyin oʻtkazgan va klubni tark etgan[10].

Zhang 2011-yil 22-fevralda Xitoyning birinchi ligasi vakili Chongqing Lifanga qoʻshilgan[11]. U klub uchun debyutini 2011-yilning 27-martida Beijing Baxiga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan. 2011-yil 4-mayda Xitoy FA kubogida 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda klub uchun birinchi golini kiritgan[12].

2015-yilning 10-iyulida Zhang Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga o‘tgan[13]. U klubdagi debyutini 2015-yilning 20-iyulida „Shanghai SIPG“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

2018-yil 15-iyunda Zhang Tianjin TEDAga oʻtgan[14].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 27-martida Gaitiga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Chengdu Blades 2006 Xitoy Birinchi ligasi 0 0 0 0 - - 0 0
2007 0 0 - - - 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
SV Horn 2008—2009 AvstriyaRegionalliga 9 0 0 0 - - 9 0
2009—2010 5 0 1 0 - - 6 0
Jami 14 0 1 0 0 0 0 0 15 0
Chongqing Lifan 2011 Xitoy Birinchi ligasi 22 4 1 1 - - 23 5
2012 29 3 0 0 - - 29 3
2013 27 3 1 2 - - 28 5
2014 29 3 1 0 - - 30 3
2015 Xitoy Super Ligasi 16 1 1 0 - - 17 1
Jami 123 14 4 3 0 0 0 0 127 17
Beijing Guoan 2015 Xitoy Super Ligasi 9 0 0 0 0 0 - 9 0
2016 23 1 4 2 - - 27 3
2017 20 3 0 0 - - 20 3
Jami 52 4 4 2 0 0 0 0 56 6
Tianjin TEDA 2018 Xitoy Super Ligasi 9 0 0 0 - - 9 0
2019 3 0 3 0 - - 6 0
Jami 12 0 3 0 0 0 0 0 15 0
Karyerada jami 201 18 12 5 0 0 0 0 213 23

Yutuqlar

tahrir

Chongqing Lifan

  • Xitoy Birinchi ligasi : 2014[15]

Manbalar

tahrir
  1. „法甲试训成都三少年 小将王楚被誉中国未来齐达内“. sports.sohu.com (2004-yil 11-may). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  2. „中国三少年试训埃弗顿 三叉戟闪光进球助队完胜“. sports.sina.com.cn (2004-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  3. „成都二少正式签约谢菲联“. morning.scol.com.cn (2005-yil 3-yanvar). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  4. „中国小将正式登场英国联赛 未满17岁创留洋纪录“. sports.dbw.cn (2006-yil 17-yanvar). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  5. „《足球》VS张池明 感谢给我挫折的人使我更加珍惜当下“. goalchina.net. 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  6. „德乙劲旅宣布中国前锋试训 张池明会师佳一?“. sports.qq.com (2008-yil 23-avgust). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  7. „中国19岁前锋试训奥甲球队 曾被法国教练誉为天才“. sports.sina.com.cn (2009-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  8. „奥丙霍恩队官网宣布:张池明完成签约手续正式加盟“. sports.sina.com.cn (2009-yil 20-fevral). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  9. „张池明替补登场迎奥丙处子秀 霍恩客场平连续三轮不胜“. sports.sina.com.cn (2009-yil 28-mart). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  10. „Regionalliga“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.
  11. „http://sports.sohu.com/20110223/n279484308.shtml“ (zh). sports.sohu.com (2011-yil 23-fevral). Qaraldi: 2012-yil 29-may.
  12. „足协杯-力帆主场大显神威 3-0横扫北京八喜晋级“. sports.163.com (2011-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 3-aprel.[sayt ishlamaydi]
  13. 力帆官宣张池明转会国安 at sports.sina.com 2015-07-10 Retrieved 2015-07-11
  14. 泰达官方宣布张池明加盟 at sohu.com 2018-06-15 Retrieved 2018-06-15
  15. „CHINA LEAGUE ONE > 2014“. soccerway.com (2014-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.