Zhang Yuan
Zhang Yuan (talaffuzi: Chjan Yuan) (1989-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda „Shengzhen“ klubida oʻng qanot sifatida oʻynaydi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhang Yuan | ||
Tavallud sanasi | 8-dekabr 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Beijing, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.86 m (6 ft 1.2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shenzhen FC | ||
Raqami | 11 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Renmin University High School | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2011 | Chengdu Blades | 90 | (12) |
2012—2016 | Guangzhou R&F | 105 | (9) |
2016 | → Beijing Renhe (Ijara) | 21 | (2) |
2017 | Shenzhen FC | 88 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007—2008 | Xitoy U-20 | ||
2009—2011 | Xitoy U-23 | ||
2012 | Xitoy | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (4-noyabr 2013-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati Tahrirlash
Zhang Yuan boshlangʻich maktabda oʻqiyotganda beysbol va futbolga katta qiziqishda boʻlgan, u beshinchi sinfda futbol oʻynashni tanlagan va Renmin universiteti oʻrta maktabida tizimli ravishda futbol mashgʻulotlarida qatnashgan. Uni Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi murabbiyi Lyu Chunmin kashf qilgan va uni Chengdu Bladesga tavsiya qilgan. Chengdu 2008-yilgi liga mavsumi boshida Zhangni oʻz tarkibiga qoʻshib olgan. Zhang 2008-yil 29-martda Liaoning Whowinga qarshi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazgan[1]. 2008-yil 17-mayda Changsha Gindega qarshi oʻyinda (1:1) oʻzining birinchi ligadagi golini urgan[2]. Keyingi mavsumda Zhang asosiy jamoada mustahkam oʻringa ega boʻlgan
2012-yil 2-yanvarda Zhang Xitoy Superligasi vakili Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan[3]. U 2012-yilning 16-martida 2:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan "Guangzhou Evergrand" klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. Oʻyindan soʻng u oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va 2014-yilgi Xitoy Superligasi musobaqasida jamoaga ligada uchinchi oʻrinni egallashga yordam bergan[5]. Klubda 100 dan ortiq, asosan oʻng qanotda maydonga tushganidan soʻng, 2016-yilning 26-fevralida Zhang 2016-yilning 31-dekabriga qadar Xitoyning birinchi ligasi vakili Beijing Renhega ijaraga berilgan[6][7].
2016-yil dekabr oyida Zhang Xitoyning birinchi ligasi vakili Shengzhen FCga oʻtgan[8]. Uning debyut uchrashuvi 2017-yilning 12-martida Dalian Transcendence FCga qarshi liga oʻyinida 6:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan[9]. Darhol oʻzini jamoaning muhim oʻyinchisi sifatida koʻrsatib, u 2018-yilgi Xitoy Ligasi birinchi musobaqasi oxirida klubga yuqori bosqichga koʻtarilishda yordam bergan[10].
Xalqaro faoliyati Tahrirlash
Lyu Chunmin tomonidan kashf qilinganidan soʻng, Zhang 2008-yilgi Osiyo U-19 chempionatida Xitoy tarkibiga kiritilgan turnirda uchta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan[11]. U Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga koʻtarilgan va 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashgan, Xitoy terma jamoasining barcha toʻrtta oʻyinida qatnashgan. 2012-yilning 6-sentabr kuni Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan, Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan[12].
Faoliyat statistikasi Tahrirlash
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Chengdu Blades | 2008 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 2 | - | - | - | 18 | 2 | |||
2009 | 26 | 4 | - | - | - | 26 | 4 | |||||
2010 | Xitoy Birinchi Ligasi | 19 | 5 | - | - | - | 19 | 5 | ||||
2011 | Xitoy Super Ligasi | 27 | 1 | 1 | 0 | - | - | 28 | 1 | |||
Jami | 90 | 12 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 91 | 12 | ||
Guangzhou R&F | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 5 | 0 | 0 | - | - | 29 | 5 | ||
2013 | 27 | 3 | 2 | 0 | - | - | 29 | 3 | ||||
2014 | 27 | 1 | 2 | 0 | - | - | 29 | 1 | ||||
2015 | 22 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | - | 30 | 0 | |||
Jami | 105 | 9 | 6 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 117 | 9 | ||
Beijing Renhe (Ijara) | 2016 | Xitoy Birinchi Ligasi | 21 | 2 | 0 | 0 | - | - | 21 | 2 | ||
Shenzhen | 2017 | 29 | 0 | 0 | 0 | - | - | 29 | 0 | |||
2018 | 28 | 0 | 1 | 0 | - | - | 29 | 0 | ||||
2019 | Xitoy Super Ligasi | 16 | 1 | 1 | 0 | - | - | 17 | 1 | |||
2020 | 15 | 0 | 0 | 0 | - | - | 15 | 0 | ||||
2021 | 12 | 0 | 3 | 0 | - | - | 15 | 0 | ||||
Jami | 88 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 90 | 1 | ||
Karyerada jami | 304 | 24 | 9 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 319 | 24 |
Manbalar Tahrirlash
- ↑ „杰弗森08首球裁判惹争议 成都1-1辽宁 视频 评“. sports.sohu.com (29-mart 2008-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „张远头球文虎一扳平 长沙主场1-1成都 视频 评“. sports.sohu.com (17-may 2008-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2012-yil.
- ↑ 张远年薪三百万签约广州富力 at sports.sohu.com 2012-01-02 Retrieved 2016-02-28
- ↑ „GUANGZHOU CITY VS. GUANGZHOU FC 2 - 0“. soccerway.com (16-mart 2012-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „China 2014“. rsssf.com (29-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „关于球员张远租借公告-公告“. www.gzrffc.com.cn. 13-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-mart 2016-yil.
- ↑ 人和官方宣布租借富力边锋 at sports.sohu.com 2016-02-26 Retrieved 2016-02-28
- ↑ 深足签下快马张远 Wayback Machine saytida arxivlandi (2017-10-28). at sz.gov.cn 2016-12-13. Retrieved 2017-01-03 (xitoycha)
- ↑ „China » League One 2017 » 1. Round » Shenzhen FC - Dalian Transcendence 6:0“. worldfootball.net (17-mart 2017-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „China 2018 > China League One“. rsssf.com (8-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „MATCH SUMMARY“. the-afc.com (1-nov 2008-yil). 19-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Sweden vs. China PR 1-0“. soccerway.com (6-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2012-yil.