Zhu Ling (xit. soddalashtrilgan 朱玲, 1957-yil 10-iyulda tugʻilgan) — 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan xitoylik voleybolchi[1]. Zhu Ling nafaqaga chiqqan va Sichuan provinsiyasidagi sport byurosida byuro direktori lavozimida ishlaydi.

Zhu Ling
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Xitoylik
Tavallud sanasi 10-iyul 1957-yil
Laiwu, Shandong Provinsiyasi, Xitoy
Sport
Qaysi sport voleybol
Medallar

2 Oltin

2 Oltin

Biografiya

tahrir

Zhu Ling 1957-yil 10-iyulda Xitoyning Shangdong pronvinsiyasidagi Laiwu nomli kichik shaharchada tugʻilgan.

1984-yilda Los Anjelosda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida Zhu Ling oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy voleybol jamoasi tarkibida oʻynagan. Zhu Ling barcha beshta oʻyinda faol ishtirok etgan va jamoa gʻalabasiga oʻz xissasini qoʻshgan.

Zhu Ling 1970-yilda Chunsinda voleybol bilan shugʻullana boshlagan va 1975-yilda Sichuan provinsiyasi jamoasiga qabul qilingan. Zhu Ling 1979-yilda voleybol boʻyicha Xitoy terma jamoasi tarkibiga qoʻshildi va keyinchalik Xitoy terma jamoasi tarkibida 1981-yilgi FIVB Jahon kubogida ishtirok etib, jamoaviy oltin medalini qoʻlga kiritishga oʻz xissasini qoʻshadi.

1984-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Zhu Ling Xitoy voleybol jamoasi tarkibida oʻynaydi va yakunda jamoa gʻoliblikni qoʻlga kiritadi[2].

1983-yilgi Osiyo chempionatida Zhu Ling terma jamoa safida muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatdi va jamoa kumush medaliga sazovor boʻldi.

Voleybolda nafaqaga chiqqanidan soʻng, Zhu Ling Sichuan universitetining Xitoy adabiyoti boʻlimida oʻqishni boshladi va bakalavr diplomini qoʻlga kiritdi. Oʻqishni tamomlagandan buyon u, Sichuan viloyati sport byurosida ishlab kelmoqda. 2004-yilda Zhu Ling byuro direktori lavozimiga koʻtarildi.

Mukofotlar

tahrir

Milliy terma jamoa

tahrir
Yil Musobaqa Davlat Natija
1981-yil 1981-yilgi jahon chempionati   Yaponiya   Oltin medal
1984-yil 1984-yilgi Los-Anjelesdagi Olimpiya oʻyinlari   AQSh   Oltin medal

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Zhu Ling“. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  2. „Zhu Ling“. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.