Sigmaringen qal’asi — Baden-Vyurttembergdagi Sigmaringen shahridagi qal’a, Hohenzollern-Sigmaringen sulolasining sobiq qarorgohi.

Qal’ada qurol-yarogʻlar toʻplami (oʻrta asrlardan to hozirgi kungacha), zallar va xonalarda yaxshi saqlanib qolgan mebellar, rasmlar, chinni buyumlar mavjud. Qal’a zallari quyidagilardan iborat: Portugal galereyasi, Hubert zali, Ajdodlar zali, Jozefina xonalari, Yashil salon, fransuz saloni (ovqatxona), Qizil salon va boshqalar.

Galereya

tahrir

Maʼlumot

tahrir

1944-yil avgust oyida Ittifoqchilar va Qarshilik koʻrsatish kuchlarining yaqinlashishi bilan Filipp Pétain va uning Fransiya avtoritar kollaboristlik hukumati, yaʼni Vichi rejimi deb nomlanuvchi hokimiyat vakillari nemislar tomonidan Baden-Vyurtembergga, Sigmaringen qal’asiga majburan evakuatsiya qilingan[1]. 1945-yil aprel oyida qal’a ittifoqchi kuchlar tomonidan egallab olingan va Pétain va Vichi hukumati sud uchun Parijga yuborilgan.

Hujjatli Filmlar

tahrir
  • 2017-yil — Sigmaringen. Oxirgi boshpana/Sigmaringen, le dernier refuge (rej. Serj Moati).

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Valter Kaufhold: Schloss Sigmaringen. Die Geschichte der Burg- u. der Schlossherren. In: Kunstfuhrer Nr. 580. Verlag Shnell va Shtayner. Myunxen, 1953-yil