Zirabuloq jangi — general Kaufman boshchiligidagi rus qoʻshini va buxoro amir Muzaffar qoʻshini ortasidagi 1868-yilda, Samarqand va Buxoro oraligʻidagi Zirabuloq tepaliklarida boʻlib oʻtgan hal qiluvchi toʻqnashuv. Buxoro qoʻshinining magʻlubiyati va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaligiga oʻtishi bilan yakunlangan.

Zirabuloq jangi
Asosiy ziddiyat: Rossiya imperiyasinig Oʻrta-Osiyoga bosqinchilik yurishlari
Zirabuloq jangi. N. Karazin qalamiga mansub.
Sanalar 2 (14)-iyun 1868-yil
Urush yeri Zirabuloq (Buxoro amirligi)
Sabab Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlari
Natija Rus qoʻshinlari gʻalabasi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi
Raqiblar
Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi
Qoʻmondonlar
Konstantin Kaufman Amir Muzaffar
Kuchlar
2000 30000
Yoʻqotishlar
38—63 kishi vafot etgan, yaralangan[1][2] 3,5—10 ming kishi yaralangan, vafot etgan[3]

Jang oldi holat tahrir

1868-yili Samarqand shahrini egallaganidan soʻng general Kaufman buxoroliklarni toʻliq magʻlubiyatga uchratish uchun Buxoro tomon yoʻlga chiqishga tayyorgarlik koʻradi va tez orada mustahkam qal’a hisoblangan Kattaqoʻrgʻon shahrini egallaydi.

Ayni bu shu paytda Samarqand shahridan Buxorogacha boʻlgan yoʻlning deyarli yarmida, Zirabuloq tepaliklarida 30000ga yaqin kishidan iborat Buxoroliklar qoʻshini yigʻilayotgani haqida xabarni olgan Kaufman, Samarqandda bir garnizon qoldirib, asosiy kuchlari bilan yoʻlga chiqadi. Yurishga 1700 piyoda, 300 otliq olib ketiladi. Qoʻshin ixtiyorida 14 toʻp va 6 raketa uskunalari boʻlgan.

Toʻqnashuv tahrir

 
"Muvaffaqiyatsizlikdan keyin" (ruscha: После неудачи), Vasiliy Vereshchagin tomonidan chizilgan rasm

1868-yilning 2 (14)-iyun tunida, quyosh chiqmasidan rus otryadi Zirabuloq tepaliklariga yetib keladi. Tepalik etagida buxoro piyodalari, ular ortida 14 toʻp bilan qurollangan 15 ming kavaleriya turardi. Buxoroliklar pozitsiyalariga hujum uyushtirish uchun rus qoʻshinlari polkovnik Aleksandr Pistolkors boshchiligidagi birinchi va polkovnik Aleksandr Abramov boshchiligidagi ikkinchi kolonnalarga boʻlinadi. Ushbu kolonnalarga umumiy buyruqni general Nikolay Golovachyov berardi. Pistolkors kolonnasi buxoroliklarning chap qanotiga hujum qiladi. Ayni damda kavaleriya ham ishga tushib, artilleriya qismi zamonaviy qurollardan piyodalarga oʻt ochadi. Buxoroliklar yoʻqotishlarga uchray boshlashiga qaramay, ixtiyorlaridagi artilerriya qurollari uzoq masofani koʻzlamaydi va rus qoʻshinlariga zarar yetqiza olmaydi[4]. Soʻngra rus kavaleriyasi buxoro qoʻshinining chap qanotiga hujumni oxiriga yetkazib qoʻyadi. Abramov boshchiligidagi piyodalarni shiddatli hujumiga guvoh boʻlgan markazdagi buxoro piyodalari chekina boshlaydi. Chekinayotgan qoʻshinni rus armiyasi tomonidan taqib qilish masofasi 8 verstani tashkil qiladi.

 
Jang rejasi

Tepalik etagida buxoro piyodalari, ular ortida 14 toʻp bilan qurollangan 15 ming kavaleriya turardi. Buxoroliklar pozitsiyalariga hujum uyushtirish uchun rus qoʻshinlari polkovnik Aleksandr Pistolkors boshchiligidagi birinchi va polkovnik Aleksandr Abramov boshchiligidagi ikkinchi kolonnalarga boʻlinadi. Ushbu kolonnalarga umumiy buyruqni general Nikolay Golovachyov berardi. Pistolkors kolonnasi buxoroliklarning chap qanotiga hujum qiladi. Ayni damda kavaleriya ham ishga tushib, artilleriya qismi zamonaviy qurollardan piyodalarga oʻt ochadi. Buxoroliklar yoʻqotishlarga uchray boshlashiga qaramay, ixtiyorlaridagi artilerriya qurollari uzoq masofani koʻzlamaydi va rus qoʻshinlariga zarar yetqiza olmaydi[5]. Soʻngra rus kavaleriyasi buxoro qoʻshinining chap qanotiga hujumni oxiriga yetkazib qoʻyadi. Abramov boshchiligidagi piyodalarni shiddatli hujumiga guvoh boʻlgan markazdagi buxoro piyodalari chekina boshlaydi. Chekinayotgan qoʻshinni rus armiyasi tomonidan taqib qilish masofasi 8 verstani tashkil qiladi.

Buxoroliklar oʻng qanoti bilan qoʻl jangiga kirishgan 280 nafardan iborat rus piyodalari esa kutilmaganda qurshovga tushib qoladi. Toʻgʻridan tomondan amir piyodalari, ort tarafdan esa otliqlar kela boshlaydi. Rus piyodalariga tashqi tomondan yordam berishning iloji boʻlmaydi. Kutilmaganda nayzalar bilan raqib tomon otilgan rus askarlari 17 kishilik yaralanganlar talofati bilan qurshovdan chiqib ketishadi.

Bora-bora amirning barcha nuqtalardagi qoʻshini avvaliga tartib bilan, soʻngra oʻq-yarogʻlarni qoldirgancha chekinishni boshlaydi. Tonggi soat 10ga borib jang yakunlanadi, tepaliklar Buxoro qoʻshinidan tozalanadi. General Kaufman armiyasiga esa jangdan soʻng harbiy oʻlja sifatida toʻplar va 40 qutida oʻqdorilar qoladi.

Rus qoʻshinlari tarkibida poruchik va ayni damda rassom xisoblangan Nikolay Karazin jang qilgan. Zirabuloq tepaliklarida boʻlib oʻtgan jangda oʻzining jasorati bilan nom chiqargan Karazin oʻsha toʻqnashuvda qilichidan ayriladi. Bundan xabar topgan fon Kaufman: Karazin qilichidan ayrilgan boʻlsa, unga yangi qilich sovgʻa qilishni vaʼda beradi. Koʻp oʻtmay Karazin generaldan „Jasorati uchun“ yozuvi oʻyib yozilgan qilich qabul qilib oladi. Keyinchalik Karazin oʻzi ishtirok etgan jang haqida polotno yaratadi.

Natija tahrir

Zirabuloq yaqinidagi magʻlubiyatdan soʻng amir Muzaffar kam sonli armiyasi bilan qoladi va sulh tuzishni taklif etishga majbur boʻladi. Tez orada Rossiya maanfatlarini yuqori qoʻyadigan Rossiya-Buxoro sulh shartnomasi imzolanadi va Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining protektoratiga aylanadi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

Adabiyotlar tahrir