Ziyamat Usmonovich Husanov (1921. 9.5, Chimkent viloyati, Sayram — 1986.18.1) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, serjant. 1942-yildan front-da. 228-gvardiyachi oʻqchi polki (Jan.-Gʻarbiy front 57-armiyaning 78-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi)ning pu-lemyot raschyoti komandiri. 1943-yil iyulda Belgorod viloyatining Dal-niye Peski aholi punktida boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944.22.2). Sayram qishlogʻidagi maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Belgorod shahrining faxriy fuqarosi.

Ziyamat Usmonovich Husanov
Tavalludi 9.5.1921
Sayram,
Janubiy Qozogʻiston viloyati
Vafoti 18.1.1986
Sayram tumani ,Qozoq SSR, SSSR
Unvoni Serjant
Serjant
Serjant
Jang/urush

Ulugʻ Vatan urushi

Mukofotlari