Ziyouddin Yusuf (1486, Hirot–1513, Oʻba) – Mavlono Abdurahmon Jomiyning farzandi, Alisher Navoiyning shogirdlaridan biri. Jomiy Ziyouddin Yusufdan oldin ikki farzand koʻradi, ammo ular bolaligidayoq vafot etadi. Ziyouddin Yusufdan keyin tugʻilgan bola ham koʻp yashamaydi. Shu bois Jomiy Ziyouddin Yusuf tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi, mashhur “Bahoriston” asari hamda “Favoyidi Ziyoiya” kitobini unga atab taʼlif etadi. “Xamsat ul-mutahayyirin”da keltirilishicha, Jomiy Ziyouddin Yusufga muammo ilmini Alisher Navoiyning “Mufradot” asari asosida oʻrgatgan. “Xiradnomayi Iskandariy” dostonida qayd etilishicha, Jomiy tushida Ziyouddin Yusufni Xoja Ubaydulloh Ahror Valiy huzuriga olib boradi va shu sababli uning tariqat yoʻlida boʻlishini xohlaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat.