“Zod ul-musofirin” – Amir Husayniyning nazmiy asari. Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan. Sakkiz maqolatdan iborat boʻlib, unda mujohada va talab, tariqat soliklarining sifati, ishq va uning darajalari kabi masalalarning irfoniy talqini berilgan. Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Nasoyim ul-muhabbat”da Amir Husayniy bilan bogʻliq bobda tilga oladi[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.