Zohid - (arab. - tark etuvchi, kamxarj, imon-e’tiqodli, xudojo'y) - taqvodor Allohdan qo‘rqib gunohlardan saqlangan, parhezkor; - din yo‘lida fidoiylik qiluvchi; - tarki dunyo qilgan kishi. Zohidlar musulmonlarni Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalardan voz kechishga chaqirgan.
Zohid - Allohning ibodatida bardavom bo‘lgan, yuqori axloqli va ma’naviy sifatlarga ega, bu dunyo ne’matlariga beparvo parhezkor shaxs. Ulamolar ta’biriga ko‘ra, zohid - qo‘lidan dunyo ketgan odam emas, zohid uni hech bir dunyo ishi mashg‘ul qilmaydigan zotdir. Mutazohid (zohidlikni da’vo qiluvchi) dunyoni qo‘lidan ketkazadi, zohid esa qalbidan. Zohid so‘zi obid, orif, nosik, faqir so‘zlari bilan ham ifodalangan [1].

Manbalar

tahrir
  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 212.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.