Zohid Haqnazarov
Zohid Vohidovich Xaqnazarov (oʻzbekcha: Zohid Haqnazarov; 1937-yil 12-noyabr, Toshkent — 2019-yil 18-iyul, Antaliya) — sovet va oʻzbek dirijyori, musiqa oʻqituvchisi, jamoat arbobi. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1978).
Zohid Xaqnazarov Zohid Vohidovich Xaqnazarov | |
---|---|
Tavalludi | 12-noyabr 1937 |
Vafoti | 2019-yil 18-iyul (81 yosh) |
Janrlar | simfonik musiqa |
Kasbi | dirijyor, siyosatchi |
Faoliyat yillari | 1965—2019-yillar |
Fuqaroligi |
SSSR Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Moskva konservatoriyasini tugatgan (1963), Nikolay Anosov shogirdi. 1965-yildayoq Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi simfonik orkestriga rahbarlik qilgan va ushbu lavozimda 1979-yilgacha faoliyat yuritgan. 1981—1984-yillarda Toshkent konservatoriyasi rektori lavozimida ishlagan.
1988-yilda Oʻzbekiston muxolifatidagi „Birlik Harakati“ siyosiy partiyasining asoschilaridan biri va bir muddat uning raisi boʻlgan. Oʻzbekistondagi keskin siyosiy masalalar boʻyicha muntazam ravishda maqolalar, bayonotlar va ochiq xatlar berib borgan[1].
2019-yil 18-iyul Antaliyada (Turkiya) avtohalokatda vafot etgan — mototsikl haydovchisi urib ketgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ispravte krizisnuyu situatsiyu! (otkritoe pismo I. Karimovu)[sayt ishlamaydi] // TsentrAziya, 9.03.2003.
- ↑ „Погибший в ДТП в Турции мужчина оказался народным артистом Узбекистана“. 22-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2019-yil.