Islom Zokirov
Islom Zohidovich Zokirov (1928.27.1 — Samarqand — 2000.21.1) — akusher-ginekolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1967), SamTIni tugatgan (1948), shu institutda klinik ordinator (1948—51), akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, dotsenti (1951-59), mudiri (1959-yildan). Zokirovning ilmiy ishlari homiladorlik va ekstragenital patologiya, gestozlar, perinatologiya, jinsiy aʼzolar oʻsmalarining klinikasi va epidemiologiyasi; homiladorlik, tugʻruq va homilaga tegishli noxush omillarni barvaqt aniklash, homiladorlikning muddatidan ilgari barham topish patogezida immunologik, gormonal, fetoplatsentar sistemalar yetishmovchiligini zamonaviy usullar bilan oʻrganishga bagʻishlangan. "Normal akusherlik", "Patologik akusherlik" oʻquv qoʻllanmalari, "Akusherlik terminlarining ruschaoʻzbekcha izohli lugʻati" muallifi. "Shuxrat" medali (1994) bilan mukofotlangan. [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |