ZoomZoom Video Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan videokonferesiyalar uyushtirish imkonini beruvchi dastur. Pullik va bepul rejimlari bor. U bepul akkauntlar uchun eng koʻpi 100 kishini qoʻshish mumkin boʻlgan vaqt rejimi 40 daqiqagacha chegaralangan videotelefoniya servisini taqdim etadi. Foydalanuvchilar pullik tariflardan birini tanlagan holda 500 kishigacha qoʻshish imkonini beruvchi va cheklanmagan vaqtga ega boʻlgan videokonferensiyalarni uyushtirishlari mumkin[1]. 2020-yilgi pandemiya vaqtida masofadan ishlovchilar va masofadan taʼlim oluvchilar[2] va internet orqali jamoaviy suhbatlar uyushtiruvchilar soni oshgani sababli Zoom dasturi dunyo boʻylab ancha ommalashdi[3].

Zoom
MuallifEric Yuan
Ishlab chiqaruvchiZoom Video Communications
Operatsion sistemaWindows, macOS, Linux, Android, iOS, Chrome OS
JanrVideotelefoniya, VoIP va Instant messaging
LitsenziyaFreemium
Vebsayt:zoom.us

Jarimaga tortilishi tahrir

2021-yilda Zoom platformasi pullik obunachilarining shaxsiy maʼlumotlarini Facebook, Google va LinkedIn platformalari bilan boʻlishganlikda ayblanib, sud tomonidan Zoom Video Communications kompaniyasi 85 million AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi[4].

Manbalar tahrir

  1. „Plans and Pricing - Zoom“. zoom.us. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  2. Abbott, Eileen „Students and teachers struggle with remote education due to coronavirus“ (en). TheHill (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  3. Lorenz, Taylor; Griffith, Erin; Isaac, Mike. „We Live in Zoom Now“. The New York Times (2020-yil 17-mart). 2020-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  4. „Zoom компанияси фойдаланувчиларига 85 млн доллар товон пули тўлайди“. Bugun.uz. 2021-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 2 август.