Zugspitze
Zugspitze - balandligi 2962 metr boʻlgan ushbu tog' nafaqat Vettershteyn tog' tizmasidagi balki Germaniyadagi eng baland tog' hisoblanadi. Ushbu tog' Garmish-Partenkirxen shahridan janubda joylashgan va uning g'arbiy cho'qqisi Avstriya-Germaniya chegarasidan o'tadi. Tog'ning janubida ko'plab g'orlarga ega boʻlgan Zugspitzplatt platosi joylashgan. Zugspitse yonbag'irlarida uchta muzlik, shu jumladan Germaniyadagi ikkita eng katta muzliklar: 30,7 gektar maydonga ega Shimoliy Shneferner va 24,7 gektar maydonga ega Xollentalferne 8,4 gektar maydonga ega Janubiy Schneeferner muzliklari joylashgan.
Zugspitse birinchi marta 1820 yil 27 avgustda Jozef Naus va uning yordamchisi Mayer va tog'ni yaxshi tushunadigan yo'lboshchi Iogann Georg Tauschl tomonidan tog'ning cho'qqisiga chiqishgan. Bugungi kunda cho'qqiga uchta yo'l bor:birinchisi Xyollental vodiysidan shimoli-sharqga; ikkinchisi janubi-sharqdagi Reintal vodiysidan ; uchinchisi g'arbdan Avstriya sirki ( Österreichische Schneekar ) ustidan o'tadi. Sharqiy Alp tog'laridagi eng mashhur tog' yo'llaridan biri Zugspitse, Hochblassen va Alpspitze tog'larini bog'laydigan pichoq qirrali Yubiley tizmasi ( Jubiläumsgrat ) bo'ylab cho'qqigacha o'tadi. Alpinistlar uchun yaqin atrofda ko'plab turar joylar mavjud. Zugspitsening g'arbiy cho'qqisida Myunchner Haus va g'arbiy yon bag'irlarida Wiener-Neustädter Hut joylashgan.
Zugspitse tepasiga uchta teleferik mashinalar o'rnatilgan. Birinchisi, Tyrolean Zugspitze teleferik 1926 yilda nemis kompaniyasi Adolf Bleichert & Co[1] tomonidan qurilgan va 1991 yilgi 2951 metrli terminali haqiqiy joyga ko'chirilishidan oldin Kammstation deb ataladigan 2805 metrli cho'qqidan pastgacha tortilgan. Bavariyaning Zugspitze temir yo'li tog'ning shimoliy qanoti ichidan o'tadi va Zugspitzplattda tugaydi, u yerdan ikkinchi teleferik yo'lovchilarni tepaga olib chiqadi. Raf temir yo'li va uchinchi teleferik Eibsee kabel mashinasi yo'li har yili o'rtacha 500 000 kishini tog'ning uchigacha olib boradi. Qishda, to'qqizta chang'i liftlari Zugspitzplattdagi chang'i zonasini ishlatiladi. 1900 yilda ochilgan ob-havo stantsiyasi va Schneefernerhausdagi tadqiqot stantsiyasi asosan iqlim tadqiqotlarini o'tkazish uchun ishlatiladi.
Geografiyasi
tahrirZugspitze Shimoliy ohaktoshli Alp tog'larining Wetterstein tizmasiga tegishli. Tog' Avstriya-Germaniya chegarasidan o'tadi. Ilgari tog' massivida chegara nazorat punkti boʻlgan, ammo Germaniya va Avstriya endi Shengen zonasining bir qismi boʻlgani sababli, chegara o'tish joyi endilikda olib tashlangan.
Zugspitzening aniq balandligini bir muncha vaqt munozaralarga sabab bo'ldi. Uning balandligi Bavariya davlat tadqiqot idorasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasida 2690-2970 oraligʻida boʻlgan, lekin hozirda cho'qqi 2962 metr ekanligi umumiy qabul qilingan. Tog'da ochilgan yangi kafe shu sababdan “2962” deb nomlangan.
Manzili
tahrir2962 metrli Zugspitse cho'qqisi Zugspitze massivining eng baland tog'i hisoblanadi. Ushbu balandlik Amsterdam o'lchagichi nomli qurilma orqali havola qilingan va Bavariya davlat tadqiqot va geoinformatsiya idorasi tomonidan berilgan.[2] Xuddi shu balandlik Avstriyada ishlatiladigan Trieste o'lchagichida ham qayd etilgan, ammo 27 sm kamroq ko'rsatgan. Dastlab Zugspitzening uchta cho'qqisi bor edi: sharqiy, o'rta va g'arbiy cho'qqilar ( Ost-, Mittel- va Vestgipfel ). Faqatgina sharqiy cho'qqi o'zining asl ko'rinishida qolgan yagona cho'qqi hisoblanadi, u ham butunlay Germaniya hududida joylashgan hisoblanadi. Mittel cho'qqisi 1930 yilda teleferik cho'qqi stantsiyalaridan birining qurboni bo'ldi. 1938 yilda g'arbiy sammit Wehrmacht uchun rejalashtirilgan qurilish maydonchasini yaratish uchun portlatilgan. Ammo u hali qurilmagan edi. Dastlab g'arbiy cho'qqining balandligi 2964 metr deb berilgan .[3]
Tog' o'n bir kilometr Garmish-Partenkirxendan janubi-g'arbiy qismigacha va Ervaldnind sharqiy tomonidan olti kilometrgacha ko'tariladi. Germaniya va Avstriya o'rtasidagi chegara g'arbiy cho'qqidan o'tadi; Shunday qilib, Zugspitze massivi Germaniyaning Bavariya shtatiga va Avstriyaning Tirol shtatidan o'tadi.G'arbda Zugspitze massivi Loisax daryosi vodiysiga tushadi, u massiv atrofidan shimoli-sharqqa egri chiziqda oqadi, sharqdan esa Xammersbax va Partnax oqimlari ajralib chiqadi. Janubda Gaistal vodiysi va uning daryosi Leutascher Ache Vettershteyn tog'larini Mieming tog' zanjiridan ajratib turadi. Shimolda Zugspitse etagida Eibsee ko'li joylashgan.
- Zugspitze massivi
- Zugspitzplatt
Zugspitzplatt- janubi va janubi-sharqidagi Zugspitse cho'qqisi ostidagi plato bo'lib, u 2000 metrdan 2650 metrgacha balandlikda joylashgan. U Reintal vodiysining o'zagini tashkil qiladi va ob-havo, karstlanish va muzliklarning kombinatsiyasi natijasida shakllangan. Hududda muzlik davri natijasida roches moutonnées, dolinlar va ohaktosh qoplamalar mavjud. Bundan tashqari, morenalar turli muzlik davrlaridan qolib ketgan. Plato so'nggi marta 19-asrning boshlarida butunlay muzlik bilan qoplangan. Bugungi kunda uning 52% ni toshloq, 32% ni togʻ jinslari va 16% oʻsimlik bilan qoplangan tuproqlar tashkil qiladi.[4]
Iqlim
tahrirTundra iqlim mintaqasida joylashgan[5] va Germaniyada mavjud boʻlgan yagona muzlikni saqlab kelmoqda.[6] Iqlim nuqtai nazaridan, Zugspitze mo''tadil zonada joylashgan va undan g'arbiy shamollar o'tadi. Bu Alp tog'larining shimoliy to'sig'i ( Nordstau der Alpen ) bo'lib, unda nam havo massalari to'planib, kuchli yog'ingarchilikni chiqaradi. Shu bilan birga, Zugspitze janubdagi Alp tog'lari uchun himoya to'sig'i vazifasini bajaradi.
Zugspitzeda o'lchangan eng past harorat -35,6 °C (1940 yil 14 fevral). Eng yuqori harorat 1957 yil 5-iyulda, termometr 17,9 ga yetganida sodir bo'ldi °C. Zugspitseda o'lchangan eng yuqori shamol tezligi 1985 yil 12 iyundagi bo'ronda 335 km/soatni qayd etdi. 1944 yil aprel oyida meteorologlar tomonidan aniqlanishicha qorning qalinligi 8,3 metrni tashkil etdi.[7][8] Hozirgi vaqtda qor yozda butunlay eriydi, ammo o'tmishda qor butun yoz mavsumida erimagan oxirgi holat 2000 yilda sodir boʻlgan.
- ↑ Peter von Bleichert "Bleichert's Wire Ropeways"
- ↑ Eva-Maria Greimel. „Zugspitze XXL:Deutschlands höchster Berg zeigt seine wahre Größe“. Presseinformation Bayerische Zugspitzbahn Bergbahn AG. Qaraldi: 2009-yil 8-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Hiebeler (1985), p. 25.
- ↑ Engelbrecht, Hubert. „Zugspitzplatt und Plattumrahmung“. Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
- ↑ „Zugspitze, Germany Köppen Climate Classification (Weatherbase)“. Weatherbase. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Zugspitze gets protective sun shield blanket for summer“ (en-GB). www.thelocal.de (2009-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
- ↑ „Wetterwarte Zugspitze“. Deutscher Wetterdienst. Qaraldi: 2011-yil 4-fevral.
- ↑ Ritschel & Dauer (2007), p. 75ff.